Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Yevro-2024'ni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar ramziy terma jamoasi

Yevro-2024'ni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar ramziy terma jamoasi

Baho:
+ | -

26 mart kuni 2024 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichi o‘yinlari yakunlandi. Bo‘lib o‘tgan o‘yinlar natijalariga ko‘ra, kelasi yil yozida Germaniyada bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak turnirning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi. Bugun chempionatda qatnashmaydigan futbolchilar ramziy jamoasini tuzishga qaror qildik .

Darvozabon

Lukash Gradeski ("Bayer Leverkuzen"). O‘z tarixidagi ilk Germaniya chempionligiga yaqinlashayotgan "Bayer" darvozaboni. 34 yoshli darvozabon Finlyandiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Jamoa Yevroga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi, chunki u saralash turnirida uchinchi o‘rinni egalladi, Millatlar ligasining yarim final o‘yinida finlar UYElsga imkoniyatni boy berdi (1:4).

Himoyachilar

Kostas Simikas (“Liverpul”). Yevropa chempionatiga chiqishiga bir bahya qolgan Gresiya terma jamoasi futbolchisi. Millatlar ligasi o‘tish finalida greklar Gruziyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishdi.

Viktor Lindyolof ("Manchester Yunayted"). Shvesiya terma jamoasi saralash turniri orqali o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallab, Yevroga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Bundan tashqari, shvedlar Millatlar ligasida omadsizlikka uchradilar, u yerda oxirgi o‘rinni egallab, C divizioniga tushib ketishdi.

Nurali Alip (“Zenit”). Qozog‘iston terma jamoasi saralash turnirini juda yaxshi o‘tkazdi, biroq Daniya va Sloveniyani ortda qoldirib, yuqori pog‘onaga chiqa olmadi. Jamoa Millatlar ligasi orqali yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega edi, biroq yarim finalda qozog‘istonliklar Gresiyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘lishdi (0:5).

Emil Kraft (Nyukasl). Ma’lumki, Shvesiya terma jamoasi himoyachisi 2024 yilgi Yevropa chempionati final bosqichiga chiqa olmadi.

Yarim himoyachilar

Aleksandr Golovin (“Monako”). Hozirda Liga 1'ning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lgan “Monako” yarim himoyachisi Rossiya terma jamoasi xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirilgani sababli Yevroda o‘ynamaydi.

Genrix Mxitaryan (“Inter”). Armaniston terma jamoasi saralash bosqichida omadsiz o‘ynadi va “D” guruhida atigi to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Faqat Latviya armanlardan yomonroq natija ko‘rsatdi. Jamoa Millatlar ligasida ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi, olti turda bor-yo‘g‘i uch ochko to‘pladi.

Martin Edegor (“Arseanal”). Norvegiya terma jamosi sardori qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi, biroq bir ikki futbolchining mehnati bilan saralashdan o‘tib bo‘lmasligini avvalgi avlod vakillari ham ko‘rsatib qo‘ygan edi.

Hujumchilar

Edin Jeko(“Fenerbaxche”). Yevropa chempionati final bosqichiga chiqa olmagan Bosniya termasi sardori. Jeko uchun bu faoliyatidagi eng so‘nggi katta futbol turniri bo‘lishi mumkin edi.

Erling Xoland (“Manchester Siti”). Ushbu ro‘yxatdagi asosiy yulduz Norvegiya terma jamoasida o‘ynaydi. Saralash bosqichida jamoa o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallab, turnirga yo‘llanma oldi. Millatlar ligasida norvegiyaliklar yarim finalga chiqish uchun qattiq kurashgan bo‘lsa-da, yakunda serblarga birinchi o‘rinni berishdi.

Deyan Kulusevski (“Tottenxem”). Shvesiya terma jamoasining navbatdagi yirik turnirni o‘tkazib yuborishi kerak bo‘lgan yana bir vakili.

Bu yil Yevropa chempionati Germaniyaning o‘nta shahrida bo‘lib o‘tadi. Turnirning ilk o‘yini 14 iyun kuni, final bahsi esa 14 iyulga belgilangan.

Kiritildi: 19:37, 29.03.2024.
O'qildi: 2145 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.