Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan

O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

26 mart kuni O‘zbekiston terma jamoasi “Bunyodkor” stadionida Gongkong terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuvga 28 mingga yaqin muxlis tashrif buyurdi. O‘yin so‘nggida bir guruh futbol muxlislari maydonga yugurib chiqishdi.

Toshkent shahar ichki ishlar matbuot xizmati xodimlarining xabar berishicha, ushbu shaxslar o‘sha kuniyoq Chilonzor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga olib kelingan. Tartibbuzarlarning 6 nafari voyaga yetmagan shaxslar bo‘lgani sabab, ularning ota-onasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortilgan.

Qolgan uch nafar shaxs yuzasidan ham ma’muriy bayonnoma tuzilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun jinoyat ishlar bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

Sud qaroriga ko‘ra qoidabuzarlarning ikki nafari Nurlan Amangaliyev va Kamoliddin Rahimov 5 sutka, Murodjon Mavlonov esa 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bosh kotibi Davron Fayziyevning fikriga ko‘ra, ushbu hodisa sabab assosiasiya OFK tomonidan jarimaga tortilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:17, 29.03.2024.
O'qildi: 1504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик