Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Aleksandr Xomyakov: "Hissiyotlar, xavfli vaziyatlar o‘yinni yanada qiziqarli bo‘lishini ta’minladi"

Aleksandr Xomyakov: "Hissiyotlar, xavfli vaziyatlar o‘yinni yanada qiziqarli bo‘lishini ta’minladi"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Nasaf” (1:1) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Burgutlar” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov qatnashdi.

"Aytishim mumkinki, juda qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Hissiyotlar, xavfli vaziyatlar o‘yinni yanada qiziqarli bo‘lishini ta’minladi. Yetarlicha qarshilik ko‘rsatdik, o‘zbek futbolining bayroqdor jamoasiga qarshi hujumkor o‘yin namoyish qildik. Ko‘rinib turibdiki, ular tajribali. Umumiy ma’noda aytganda, o‘yindan qoniqdim. G‘alabaga ishtiyoqimiz kuchli edi. Ammo biz o‘ylagan ishlarni barchasi ham o‘xshamadi. Yigitlarga o‘yinni munosib o‘tkazishgani uchun rahmat aytaman. Birinchi taymni durang bilan tugatdik. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yinni o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik. Biz oldindan qanday o‘yin ko‘rsatishni rejalashtirib olgandik. Dastlabki 15 daqiqada raqibga imkon bermaslikka harakat qildik. Ko‘rdinglar, birinchi qarshi hujumda darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. Futbolchilar xarakter ko‘rsatishdi va maydonida “yonib” o‘ynadilar. Shu bois ularga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.

- G‘alabaga nima yetishmadi?

- Mahorat yetishmadi. Hammamizga yaxshi maʼlumki, “Nasaf” tajribali jamoa hisoblanadi. Ko‘rdingizki, ularning tarkibi ancha shakllangan. Jismonan kuchli futbolchilardan iborat. Shu bois aqli o‘yin ko‘rsatishdi. Birinchi taymda ham ularning tajribasi bilindi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida esa qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. Raqib qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi, tezkor o‘yinchilariga ega. Xudoga shukurki, bir qancha vaziyatlarda yaxshi harakat qildik va darvozabonimiz ham bizni qutqarib qoldi. Natijadan qoniqdim.

- Luka Zgurskiyning holati qanday? U jarohat olgandek tuyuldi…

- U qarshi hujumlarda katta hajmdagi ishni bajardi. Unda imkoniyatlar bo‘ldi. Uch himoyachi o‘rtasida ham yorib chiqishga harakat qildi. Yosh futbolchi bo‘lgani uchun balki imkoniyatlardan to‘gʻri foydalana olmagandir. Hozir uning holatini ko‘rib chiqamiz. Bir necha kundan so‘ng bizni poytaxtda navbatdagi o‘yin kutib turibdi. Umid qilamanki, Lukada jiddiy jarohat yoʻq.

- 75-daqiqadan keyin o‘yinchilar charchagandek ko‘rindi…

- Albatta, charchab qoldik. Qarang, biz qanday futbol namoyish etyapmiz. Doimo bog‘lovchi hujumkor futbol ko‘rsatyapmiz. To‘pni o‘z nazoratimizga olib, tezkor qarshi hujumlarga o‘tadigan o‘yin namoyish qilyapmiz. Ikkinchi bo‘limda ancha tajribali futbolchilarni tushirganimizdan keyin o‘yin surati biz tomonga o‘ta boshladi. Tikkalanish biroz qiyin kechyapti. Shuning evaziga ba’zida kuch yetmay qolyapti. Jamoa yangi shakllangan va yosh.

- Samiyev “Lokomotiv” bilan o‘yinda maydonga tushadimi?

- Ha, 5-6 kun vaqt bor. Uni o‘yinga tayyorlaymiz. Albatta, yosh hujumchini tushirishga majbur bo‘ldik. U o‘yin oxirida g‘alaba golini urishi mumkin edi. o‘sha vaziyatda unga tajriba yetishmadi hamda yaxshi vaziyatdan foydalana olmadi. Katta o‘yinlarda mahorati kamligi bilinib qoldi. o‘ylaymanki, yosh o‘yinchilarimiz tez orada o‘zlarini ko‘rsatishni boshlaydilar. Ularga katta futbolda yana ozgina vaqt kerak.

- “Andijon” o‘zbekiston Kubogi guruh bosqichida qiyin raqiblarga duch keldi. Shu haqida fikringiz?

- Bu biz uchun yaxshi. Bu kabi guruhdan keyingi bosqichga chiqish biz uchun yoqimli bo‘ladi. Boshqa tomondan esa bu bizga yana qo‘shimcha tajriba bo‘ladi. Bor kuchimizni maksimal darajada sarflashga va uzoqroqqa borishga harakat qilamiz" - dedi Xomyakov.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:40, 30.03.2024.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.