Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Osiyo va Turkiya Og‘ir atletika federasiyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Osiyo va Turkiya Og‘ir atletika federasiyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20 martda imzolagan “Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida mamlakatimizda ushbu sport turini yanada ommalashtirish, yoshlar orasidan mahoratli sportchilarni saralash tizimini takomillashtirish, og‘ir atletika bo‘yicha zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish hamda milliy terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

Vatan dovro‘g‘ini doston etadigan professional sportchilarni tayyorlashda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilg‘or xorij tajribalarini o‘zlashtirish hamda chet ellik malakali mutaxassislarni jalb etish, innovasion texnologiyalar va ilmiy-tahliliy yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifalarning to‘laqonli ta’minlanishiga erishish maqsadida O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi tomonidan Xalqaro va qit’aviy og‘ir atletika federasiyalari hamda rivojlangan davlatlar bilan manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xabar berganimizdek, joriy yilning 31-mart – 11-aprel kunlari Tailandning Pxuket shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining reyting ochkolarini taqdim etadigan Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli musobaqaning rasmiy tadbirlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari, Osiyo Og‘ir atletika federasiyasi vise-prezidenti, O‘zbekiston Og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov bir qator xorijiy davlatlarning sport mutasaddilari, Osiyo va xalqaro og‘ir atletika federasiyasi rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Kuni kecha SH. Mahmudov Tailandda Osiyo og‘ir atletika federasiyasi prezidenti Muhammad Yusuf al Mana bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida og‘ir atletika sport turining qit’amizdagi rivoji, uning texnik-taktik, sport tibbiyoti, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda 2024-yilgi musobaqalar taqvimi masalalari xususida so‘z yuritildi.

Osiyo Og‘ir atletika federasiyasi rahbari Muxammad Yusuf al Mana og‘ir atletika sport turini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qaror nafaqat O‘zbekistonda, Osiyo mamlakatlarida ham ushbu sport turining ommalashuviga, mahoratli sportchilarni tayyorlashga beqiyos hissa qo‘shishini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Og‘ir atletika federasiyasi va Osiyo og‘ir atletika federasiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolash marosimi tashkil etildi.

Aytish lozim, mazkur memorandum o‘zaro manfaatlarga asoslangan og‘ir atletika sport turidagi hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish va rag‘batlantirishga qaratilmoqda. Bundan tashqari, mazkur hamkorlik yurtimiz og‘ir atletika mutaxassislarining jahondagi mavqeini oshirishga, sportchilarimizning qit’a musobaqalarida, xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ilg‘or tajribalardan birinchilardan bo‘lib foydalanishiga o‘ziga xos omil yaratishi bilan ahamiyatlidir.

Manba: https://t.me/uzbek_weightlifting
Kiritildi: 12:38, 31.03.2024.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.