Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Eron chempionati qaytmoqda: legionerlarga chaqiruv xatlari yuborildi

Eron chempionati qaytmoqda: legionerlarga chaqiruv xatlari yuborildi

Baho:
+ | -

Yaqindagi harbiy ziddiyatlar sababli to‘xtab qolgan Eron futbol chempionati qayta tiklanishi mumkin. Euroasia nashri ma’lumotiga ko‘ra, kamida ikki nafar xorijlik futbolchiga mamlakatga qaytish va jamoaga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy taklifnoma yuborilgan.

Klublar yuborgan hujjatlarda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuvdan so‘ng vaziyat bosqichma-bosqich barqarorlashayotgani aytilgan. Shuningdek, klublar xavfsizlik masalasi to‘liq nazorat ostida ekaniga va barcha choralar tegishli tuzilmalar bilan muvofiqlashtirilganiga kafolat bermoqda. Garchi tayyorgarlik boshlangan bo‘lsa-da, chempionat taqdiri bo‘yicha yakuniy to‘xtamga kelinmagan. Eron futbol federasiyasi va klublar rahbariyati ikki xil ssenariyni ko‘rib chiqmoqda:

- Turnirni muddatidan oldin yakunlash;
- Mavsumning qolgan qismini davom ettirish.

Ushbu masala bo‘yicha rasmiy qaror 18 aprel kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Vaziyat keskinlashgan pallada Eron hukumati xalqaro turnirlarni boykot qilish, hatto Jahon chempionatidan voz kechish ehtimoli haqida bayonotlar bergan edi. Biroq, bu tahdidlar rasmiy tus olmadi. Masalan, “Traktor” klubi Saudiya Arabistonida Elita Chempionlar Ligasi doirasidagi o‘yinini o‘tkazdi. Eron milliy terma jamoasi esa Shimoliy Amerikada o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlash arafasida turibdi.

Eslatib o‘tamiz, harbiy harakatlar boshlangan vaqtda Eronda jami 40 nafar legioner to‘p surayotgan edi. Isroil va AQSH hujumlari boshlangach, ular mamlakatni Turkiya, Ozarbayjon va BAA orqali shoshilinch tark etishga majbur bo‘lishgan. Ayrim futbolchilar klub yordamida, boshqalari esa chegaralarda soatlab navbat kutib, o‘z kuchlari bilan chiqib ketishgan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Eron chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar futbolchisi — Rustam Ashurmatov (“Istiqlol”), Odil Hamrobekov (“Traktor”), Jaloliddin Masharipov (“Istiqlol”), Igor Sergeev (“Persepolis”) va Oston O‘runov (“Persepolis”) to‘p tepadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:52, 17.04.2026.
O'qildi: 2046 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик