Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Surxon» bosh murabbiyi: «Himoyadagi muammolar bizga pand berib qo‘ydi»

«Surxon» bosh murabbiyi: «Himoyadagi muammolar bizga pand berib qo‘ydi»

Baho:
+ | -

Superliga 4-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Surxon" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yinning jiddiyligini va bizni muhim o‘yin kutib turganini bilardik. Shu bois turnir jadvalidagi holatimizdan kelib chiqqan holda uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. "Navbahor"ning muxlislari o‘z jamoasini astoydil qo‘llab-quvvatlab oldinga chorlashini ham bilardik. Natijada bizga katta bosim bo‘ldi. Albatta, mana shunday bosim bo‘lishini yigitlarga tushuntirdik. Shunga yarasha yigitlardan butun uchrashuv davomida bosimga dosh berishlarini va har bir pozisiyada ishonchliroq to‘p surishlari muhimligini tayinladik. Darvozamiz oldida esa to‘pni uzoqlashtirishga harakat qildik. Bundan tashqari, gol urishga harakat qildik va hatto ikkita gol urishga erishdik. Afsuski, hisobni ushlab qola olmadik. "Navbahor"ni jim qarab turmasligini va hujumlar uyushtirishini sezgandik. Ular uzun paslar orqali o‘ynashdi. Bu jabhada bizga qiyinchiliklar tug‘dirishdi. Havodagi to‘p uchun kurashlarda ko‘proq mag‘lub bo‘ldik. Negaki, futbolchilariiz bo‘ydor emas. "Navbahor" o‘yinchilari esa bo‘ydor.

Bizda muammolar mavjud. O‘yinimizda aynan qanaqa muammolar borligini bilamiz. Bularni hal qilyapmiz. Albatta, muammolardan biri himoya chizig‘i. Krimesdan umidimiz katta edi. Afsuski, o‘tgan safar diskvalifikasiyaga uchradi. Himoyada u asosiy tayanchimiz edi. Himoyadagi muammolar bizga pand berib qo‘ydi. Agar xatolar bo‘lmaganida natija ham boshqacharoq bo‘lardi.
Albatta, "Surxon"da kelajak bor. Bu esa futbolchilarga ham bog‘liq. Ularga to‘g‘ri yo‘nalishni ko‘rsatib beryapmiz, bu hujumkor futbol. Jamoamizda yaxshi kelajak bor va bu borada ishlashda davom etamiz. Yigitlarimizga yo‘nalish beryapmiz va ularga Yevropa chempionati o‘yinlarini ko‘rsatyapmiz. Muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Namanganga uzoq yo‘l bosib kelishdi.

Oldingi matbuot anjumanlarida ham aytgandim, maqsadimiz o‘tgan yilgi natijani bu yil ham takrorlash", - dedi Davletov.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 04:27, 01.04.2024.
O'qildi: 1434 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.