Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa 3-0 Kalyari
30/04 00:00 Barselona 4-2 Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

APLda Vikingcha ekspansiya (kengayish)

APLda Vikingcha ekspansiya (kengayish)

Baho:
+ | -

APLda skandinavcha shamol tobora kuchaymoqda. Ayni payt deyarli barcha klublar safida Skandinaviya mamlakatlari (Shvesiya, Norvegiya, Daniya va Finlyandiya) vakillarini ko‘rish mumkin. Asosiysi, ular oxirgi rollarda emaslar, hattoki, yetakchi klublarda ham. Bunga vikinglarning chempionatning ayni bosqichiga qadar qayd etgan statistik ko‘rsatkichlari dalolat.

«Manchester Siti»

Erling Xoland (Norvegiya). «Yirtqich» xuddi o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi yana o‘z darajasini ko‘rsatmoqda xotirjam holda. To‘g‘ri, Erling APLda gol urish bo‘yicha o‘z rekordi (36ta gol)ni yangilashi dargumon, lekin bosh to‘purarga atalgan sovrinni yana o‘ziniki qilishiga birov xalaqit berolmasa kerak. Shu o‘rinda eslatish kerak, Xoland jarohati tufayli chempionatning 5ta o‘yinini o‘tkazib yuborganiga qaramay, poygada pesh­qadamlik qilmoqda. Agar u safdan chiqmaganida, 5ta uchrashuvda bemalol 5-10ta gol urardi katta ehtimol.

APL-2023|2024dagi statistikasi: 23ta o‘yin (1ta uchrashuvda o‘rtacha 83 daqiqa harakat), 18ta gol, 5ta assist

«Arsenal»

Martin Edegor (Norvegiya). «Kanonirlar» sardori yana bir ajoyib mavsumni kuchli ritmda davom ettirmoqda. Umuman, Edegor jamoa libosida 4-mavsumni o‘tkazmoqda va bu safar chempionlikdan umidvor, albatta. Hozirdan norvegiyalikni «Arsenal»ning joriy chempionatdagi ehtimoliy muvaffaqiyati asosiy ijodkorlaridan biri sifatida e’tirof etish mumkin.

APL-2023|2024dagi statistikasi: 25ta o‘yin (1ta uchrashuvda o‘rtacha 88 daqiqa harakat), 6ta gol, 7ta assist

«Tottenxem»

Deyan Kulushevski (Shvesiya). «Shporlar» shvesiyalik futbolchi transferini «Yuven­tus»dan o‘tgan yoz sotib olishdi. Deyan bunga qadar Londonda ijara muddatini o‘tadi. Mana, u uchinchi mavsumga kelib, «Tottenxem»ning asosiy o‘ng qanot vingeriga aylandi. 

APL-2023|2024dagi statistikasi: 26ta o‘yin (1ta uchrashuvda o‘rtacha 85 daqiqa harakat), 6ta gol, 3ta assist

«MYU»

Rasmus Xoylund (Daniya). Yozda 74 million yevro (!) evaziga «MYU» safini to‘ldirgan daniyalik hujumchi aslida APLdagi yurishini nihoyatda omadsiz boshladi. Deylik, chempionat o‘rtalarigacha «Gol+pas» tizimi bo‘yicha bir ochko ham ishlolmadi. Lekin hujumchi to‘psiz harakatlanish, tana bilan ishlash va jarima maydoni ichida ochilish borasida chakki ko‘rinmadi. Faqat jamoadoshlari uni to‘p bilan ta’minlashda oqsashdi. Chempionatning ikkinchi yarmi boshlangani bilan esa hammasi o‘zgardi: daniyalik birdan «yorildi» va o‘zi ishtirok etgan har bir o‘yinda gol urishni odatga aylantirdi. 

APL-2023|2024dagi statistikasi: 20ta o‘yin (1ta uchrashuvda o‘rtacha 74 daqiqa harakat), 7ta gol, 2ta assist

«Nyukasl»

Aleksandar Isak (Shvesiya). Tajribali hujumchi joriy mavsum «Nyukasl» yetakchilari qatorida gavdalanmoqda. Shvesiya milliy jamoasi vakilida birgina muammo bor - o‘yinlar oxirigacha maydonda birdek faollik ko‘rsatolmaydi. Qolaversa, jarohat tufayli bir qator o‘yinlarni ham o‘tkazib yubordi.

APL-2023|2024dagi statistikasi: 20ta o‘yin (1ta uchrashuvda o‘rtacha 70 daqiqa harakat), 12ta gol

«Brentford»

Matias Yensen (Daniya). «Brentford» yarim himoyasi markazida katta hajmda ish bajarayotgan Yensen joriy mavsum boshlang‘ich tarkibdan joy olmoqda va o‘z faolligi bilan yaqqol ajralib turibdi.

APL-2023|2024dagi statistikasi: 23ta o‘yin (1ta uchrashuvda o‘rtacha 66 daqiqa harakat), 3ta gol, 4ta assist

Kristian Nergor (Daniya). Tayanch yarim himoyachi, «Brentford» sardori. Kristian shunga yarasha, chempionatning deyarli barcha o‘yinlarida maydonga tushdi. Oddiy aytganda, Nergor jamoaning skandinaviyalik eng yorqin vakili bo‘lib turibdi.

APL-2023|2024dagi statistikasi: 27ta o‘yin (1ta uchrashuvda o‘rtacha 84 daqiqa harakat), 2ta gol, 1ta assist

«Kristal Pelas»

Yoakim Andersen (Daniya). «Kristal Pelas» markaziy himoyachisi joriy mavsum sezilarli darajada qo‘shdi. Andersenni hattoki, APL-2023|2024ning eng yaxshi himoyachilari qatorida e’tirof etishmoqda. Binobarin, daniyalik futbolchi chempionatda biror o‘yinni o‘tkazib yubormadi. Qolaversa, u barcha uchrashuvlarda boshidan oxirigacha maydonda harakatlanmoqda.

APL-2023|2024dagi statistikasi: 28ta o‘yin (1ta uchrashuvda o‘rtacha 90 daqiqa harakat), 2ta gol, 2ta assist

«Nottingem Forest»

Entoni Elanga (Shvesiya). «MYU»dan «Nottingem Forest»ga o‘tgan vinger darhol «o‘rmonchilar» safida asosiy rolga o‘tdi. Xullas, Elanga qisqa vaqtda jamoa yetakchilari qatoriga surilib kirdi.

APL-2023|2024dagi statistikasi: 27ta o‘yin (1ta uchrashuvda o‘rtacha 68 daqiqa harakat), 5ta gol, 7ta assist

«Bornmut»

Filipp Billing (Daniya). «Bornmut» markaziy yarim himoyachisi oxirgi 3 mavsumda tarkibning ajralmas futbolchisiga aylangan edi. Biroq hozirda o‘z pozisiyasini yo‘qota boshladi. Ayniqsa, mavsumning ikkinchi yarmida ishlari orqaga ketdi.

APL-2023|2024dagi statistikasi: 22ta o‘yin (1ta uchrashuvda o‘rtacha 56 daqiqa harakat), 2ta gol, 2ta assist

«Bernli»

Bruun Larsen (Daniya). «Bernli»da ijara muddatini o‘tayotgan chap qanot himoyachisi -   sof zaxira vakili. Muhimi, Bruun imkoniyatdan effektli foydalanmoqda. Deylik, joriy mavsum 3ta gol urdi. To‘g‘ri, u chempio­nat yakunlangach, «Xoffenxaym»ga qaytsa kerak.

APL-2023|2024dagi statistikasi: 23ta o‘yin (1ta uchrashuvda o‘rtacha 27 daqiqa harakat), 3ta gol

APL-2023|2024: SKANDINAVIYALIKLAR GURUHI

Oskar Bobb (Norvegiya) - «Manchester Siti»ning 9ta o‘yini (o‘rtacha: 19 daqiqa)da 1ta gol va 1ta assist

Kristian Eriksen (Daniya) - «MYU»ning 16ta o‘yini (o‘rtacha: 55 daqiqa)da 1ta gol va 1ta assist

Viktor Lindelyof (Shvesiya) - «MYU»ning 18ta o‘yini (o‘rtacha: 70 daqiqa)da 1ta gol va 1ta assist

Emil Kraft (Shvesiya) - «Nyukasl»ning 7ta o‘yini (o‘rtacha: 15 daqiqa)da ishtirok

Robin Olsen (Shvesiya) - «Aston Villa»ning 1ta o‘yini (o‘rtacha: 90 daqiqa)da -1ta gol

Mikkel Damsgor (Daniya) - «Brentford»ning 14ta o‘yini (o‘rtacha: 25 daqiqa)da 1ta assist

Mads Roerslev (Daniya) - «Brentford»ning 25ta o‘yini (o‘rtacha: 59 daqiqa)da 1ta gol va 2ta assist

Mattias Yorgensen (Daniya) - «Brentford»ning 8ta o‘yini (o‘rtacha: 68 daqiqa)da ishtirok 

Kristoffer Ayer (Norvegiya) - «Brentford»ning 21ta o‘yini (o‘rtacha: 60 daqiqa)da 1ta gol va 1ta assist

Sander Berge (Norvegiya) - «Bernli»ning 27ta o‘yini (o‘rtacha: 78 daqiqa)da 1ta gol, 1ta assist

Xyalmar Ekdal (Shvesiya) - «Bernli»ning 6ta o‘yini (o‘rtacha: 54 daqiqa)da ishtirok

Uilyam Osula (Daniya) - «Sheffild Yunayted»ning 18ta o‘yini (o‘rtacha: 40 daqiqa)da ishtirok

Mads Andersen (Daniya) - «Luton»ning 8ta o‘yini (o‘rtacha: 50 daqiqa)da 1ta gol

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:57, 02.04.2024.
O'qildi: 968 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.