Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golni aniqlab keladi.
Superligada dastlabki 4 tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishdi.
Superliga. Mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar:
Toma Tabatadze ("Navbahor") – 4 o‘yin, 6 gol
Shohruh Abdurahmonov ("So‘g‘diyona") – 4 o‘yin, 4 gol
Bektemir Abdumannonov ("Andijon") – 4 o‘yin, 4 assist
Giorgi Kuxianidze ("Qizilqum") – 4 o‘yin, 2 gol, 1 assist
Nsungusi Effiong ("Neftchi") – 4 o‘yin, 2 gol, 1 assist
Sardor Rahmonov (OKMK) – 4 o‘yin, 2 gol.
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan neytral shaxslar ishtirok etadi.