"PSJ" Fransiya kubogi rekordini o‘rnatdi.
Murabbiy Luis Enrike shogirdlari musobaqaning yarim finalida “Renn”ni mag‘lub etishdi – 1:0.
Parijliklar o‘z tarixlarida 20-marta Fransiya kubogi finalida maydonga tushishadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ular "Marsel"ni (19) ortda qoldirib, mamlakatda birinchi o‘rinni egalladi.
"PSJ" va "Lion" o‘rtasidagi hal qiluvchi o‘yin 25 may kuniga belgilangan.