Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Nair Tiknizyan yozgi transfer oynasida o‘zini yuqori maqomga ega chempionatda sinab ko‘rishi mumkin.
Shu tariqa, 24 yoshli armanga Italiyaning «Bolonya» klubi qiziqish bildirmoqda.
"Sport-Ekspress" xabariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida "Bolonya" Tiknizyanning transferi bo‘yicha muzokaralar jarayonini boshlashi mumkin.
Futbolchi o‘zini Yevropa chempionatida sinab ko‘rmoqchi. 2023/2024 yilgi mavsumda Nair Tiknizyan 26 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi.
Ularda futbolchi to‘qqizta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.