Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Flik «Atletiko»ga qarshi bahs uchun kutilmagan himoya juftligini tanladi

Flik «Atletiko»ga qarshi bahs uchun kutilmagan himoya juftligini tanladi

Baho:
+ | -

Seshanba kuni «Barselona» Chempionlar ligasi 1/4 finalining javob uchrashuvi doirasida Madridning «Atletiko» jamoasi mehmoni bo‘ladi. O‘tgan chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan dastlabki bahsda kataloniyaliklar o‘z maydonlarida 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.

Insayder Xavi Migelning xabar berishicha, Jerar Martin «matraschilar»ga qarshi bo‘lajak o‘yinda ishtirok eta olishi kutilmoqda. Xans-Diter Flik 24 yoshli futbolchini mudofaa markazida Erik Garsiya bilan birga tushirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jerar Martin La Liga doirasidagi «Espanyol»ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinning birinchi bo‘limidan so‘ng jarohat tufayli almashtirilgan edi.

Shuningdek, «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy markaziy himoyachisi Pau Kubarsi diskvalifikasiya sababli «Atletiko» bilan javob uchrashuvini o‘tkazib yuboradi — u dastlabki o‘yinda qizil kartochka olgan edi.

Kiritildi: 12:45, 13.04.2026.
O'qildi: 8063 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик