Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Vadim Abramov: «Bunyodkor»ning natijalari o‘yinlariga mos emas»

Vadim Abramov: «Bunyodkor»ning natijalari o‘yinlariga mos emas»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 5-turida safarda «Bunyodkor» bilan durang o‘ynagan "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov durang haqida fikr bildirdi.

"Birinchi taym bizning ustunligimizda o‘tdi. Vaziyatlarni golga aylantirishimiz kerak edi. Ikkinchi taym esa aksincha kechdi. Raqib ko‘proq vaziyat yaratdi, to‘pga egalik qildi. Biz ikkinchi taymda qarshi hujumlarga tayanib o‘ynashimiz kerak edi. Gol urishni uddalay olmadikmi, demak, hisob o‘yinga yarasha bo‘ldi. Samarqanddan bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislardan uzr so‘rashim kerak. Ularni xursand qila olmadik.

Fransis Narx bugun o‘zining darajasidan past o‘ynadi. Biz ham bundan xayronmiz. Ammo, u jangchi va jarohati bilan o‘ynadi. Shunday bo‘lsada, bugun biroz darajasidan pastroq o‘ynadi. Qarshi hujumlarga yaxshi qo‘shila olmadi. So‘nggi pasni bera olmadi.

«Bunyodkor» yaxshi jamoa. Avvalgi turda OKMKga qarshi o‘yinini ko‘rgandim. O‘sha o‘yinda ham yutqazmasligi kerak edi. Ularning natijalari menimcha o‘yinlariga mos emas", — dedi Abramov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:59, 05.04.2024.
O'qildi: 1597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик