"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglu klubning 3 nafar futbolchisi - Manor Solomon, Freyzer Forster va Rayan Sessenyonning jarohatidan tiklanishi haqida fikr bildirdi.
“Manor Solomon bu mavsumda maydonga qaytishi mumkin. U tuzalib ketmoqda. Xuddi shunday Forster va Sessenyon bilan ham shunday bo‘lishi mumkin", dedi Postekoglu.
Eslatib o‘tamiz, Solomon mart oyi o‘rtalarida tizzasidan kichik operasiya qilingan edi. U oxirgi marta 2023 yilning 30 sentyabr kuni “Liverpul”ga qarshi o‘yinda (2:1) maydonga tushgan edi.