Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Qani o‘sha tezlik, Neymar?

Qani o‘sha tezlik, Neymar?

Baho:
+2 | -

Vaqtida Braziliya futbolida hattoki, Pele va Garrincha, Ronaldo va Ronaldinyodan ham o‘zib ketishi aytilgan megaiqtidor - Neymar anchadan buyon maydondan tashqarida.

Oxirgi yillar jarohatlarga o‘ralashib qolgan «Al-Hilol» hujumchisi bu ketishda megaumidlarni qachon oqlaydi? O‘zi umidlarni oqlay oladimi? Katta savol...

Aytish kerak, Neymar chindan ham, futbol olamiga to‘fondek yopirilib kirgandi. Oddiy misol, 21 yoshgacha «Santos»da to‘p tepgan vunderkind 225ta o‘yinda 136ta gol urib, bunga 69ta assistni ham qo‘shib qo‘ygandi. Qolaversa, 6ta sovrindan kolleksiya yasashga ulgurgandi.

To‘g‘ri, Neymarning yevrofutboldagi yo‘li ham chakki chiqmadi. Ayniqsa, «Barselona»da ancha samarali o‘ynadi, shu tariqa transferlar bo‘yicha jahon rekordi yangilanishiga sababchi bo‘ldi. Uning «PSJ» va «Al-Hilol»dagi yurishi xususida esa biror jo‘yali fikr bildirish qiyin.

Neymar Braziliya milliy jamoasida ham yorqin yulduz rutbasini to‘la oqlolmadi. Bunga turli darajadagi jarohatlar xalaqit bergani o‘z-o‘zidan tushunarli. Lekin... Asosiy fakt bitta - Neymar 21 yoshgacha ko‘rsatgan tezligi yarmini ham ushlab qololmagandek...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:54, 06.04.2024.
O'qildi: 6670 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.