Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/06 03:00 Iroq 1-4 Norvegiya
17/06 06:00 Argentina 3-0 Jazoir
17/06 09:00 Avstriya 3-1 Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya 1-1 Kongo DR
18/06 01:00 Angliya 4-2 Xorvatiya
18/06 04:00 Gana 1-0 Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston 1-3 Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya 1-1 JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina
19/06 03:00 Kanada - Qatar
19/06 05:00 Meksika - Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh - Avstraliya

Anchelotti: "Manchester Siti"dan ustun taraflarimiz bor"

Anchelotti: "Manchester Siti"dan ustun taraflarimiz bor"

Baho:
+ | -

Karlo Anchelotti "Manchester Siti" bilan o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ertaga Madridning "Real" klubi Chempionlar ligasi 1/4 finali dastlabki o‘yinida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

"Eng yaxshi tarafimizni ko‘rsatish muhim, ruhiy jihat ham muhim. Maydonda jasorat va xarakter ko‘rsatishimiz kerak. Uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqtimiz bor edi, ishonchim komilki, biz bor kuchimizni ko‘rsatamiz.

Bu qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Ikkala jamoa ham juda yuqori sifatga ega, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega, shuning uchun o‘yin taktik jihatdan juda chiroyli bo‘ladi.

Biz raqiblarimizdan ma’lum jihatlarda ustun ekanligimizga ishonamiz, ular esa bizdan boshqa jihatlarda ustunroq. 180 daqiqadan so‘ng kim keyingi bosqichga chiqishi aniq bo‘lgach, ustunlik ko‘rinadi."

O‘tgan mavsumda "Manchester Siti"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida:

"Bizda jasorat va individual fazilatlar yetishmagandi. Bunday uchrashuvlarda bu juda muhim, ammo javob o‘yinida bizda bunday bo‘lmadi.

To‘p bilan o‘ynash uslubimiz o‘zgardi - bizda avval Benzema bor edi, hozir u yo‘q. Biz hujumda harakatchanroq bo‘lish orqali uning yo‘qligi bilan kurashdik. Bu ham muhim rol o‘ynaydi."

Uchrashuv uchun tarkib haqida:

"Futbolchilarga hech narsa demadim - ertaga hammasi hal bo‘ladi. Menimcha, hech qanday g‘ayrioddiy narsa bo‘lmaydi. Hech narsani o‘tkazib yubormaysiz, aniq", - dedi “Real” bosh murabbiyi.

Kiritildi: 18:28, 08.04.2024.
O'qildi: 2416 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик