Superligada mart oyining eng yaxshilari aniqlandi. Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, "Navbahor" klubi hujumchisi Toma Tabatadze oy futbolchisi deb topildi.
Gruziyalik futbolchi o‘tgan oy Superligada 4 bahsda ishtirok etdi va raqiblar darvozasiga olti bor yo‘l topdi.