"Tottenxem" bosh murabbiyi Anje Postekoglu "shporlar"ning uzoq yillik vingeri Son Xyon Min haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Son jahon darajasidagi futbolchi. Ishonchim komilki, u nafaqaga chiqqanida Premyer-liganing eng zo‘r o‘yinchilaridan biri sifatida tarixda qoladi.
U super yulduz va ko‘p narsa unga bog‘liq. U Koreya terma jamoasida o‘ynash uchun dunyoning narigi chekkasiga ham borishga tayyor.
Bu hurmatni uyg‘otadi", - dedi murabbiy.