Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Statistika: «Tuluza» eng yoshi, «Valyekano» aksincha...

Statistika: «Tuluza» eng yoshi, «Valyekano» aksincha...

Baho:
+ | -

Yevropaning kuchli 5ta ligasida qaysi klublar eng yosh tarkibga ega ekanligini bilasizmi?

 Aksincha, qaysi jamoalar tajribani yoshlik shijoatidan ustun qo‘ymoqda?

* Tarkibdagi barcha futbolchilarning o‘rtacha yoshi bo‘yicha reyting tuzilsa, joriy mavsum Yevropaning kuchli 5ta ligasida ishtirok etayotgan klublar «Tuluza» va «Rayo Valyekano» orasiga joylashadi. Oddiy aytganda, eng yosh tarkib «Tuluza»da (o‘rtacha ko‘rsatkich - 23,6). «Valyekano»da esa bu ko‘rsatkich deyarli 30 yoshga yaqin (29,5). Top-ligalarning qolgan 94ta ishtirokchisi shu ikkisi orasida.

* Eng yosh tarkibga ega 10ta klub orasida «Chelsi»ni ko‘rish biroz g‘alati. To‘g‘ri, tarkibni keskin yoshartirish siyosati Todd Bouliga hozircha kutilgan samara keltirayotgani yo‘q. «Monako» va «Shtutgart» esa yosh tarkib bilan tegishlicha Liga 1 va Bundesliga turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi - tasanno!

* 10ta eng yosh tarkibli jamoaga qarasak, Fransiya chempionatidan vakil ko‘p - 4ta. Italiya va Germaniya chempionatlari esa 2tadan yosh klubga ega. Qolgan 2ta «g‘o‘r» jamoa Ispaniya va Angliyadan.

* Tarkibning o‘rtacha yoshi bo‘yicha eng «qariya» 10ta jamoa ro‘yxatining dastlabki 4 pog‘onasi Ispaniya La Ligasi klublariga tegishli. Shundan xulosa chiqarsak, ispanlar faxriylarni e’zozlashda italyanlardan o‘zib ketishdi allaqachon.

* Umuman, 10ta eng «keksa» tarkibdan yarmi aynan Ispaniya chempionatida. Lekin shu 5ta «qariya» jamoadan birgina «Atletiko» kuchli beshlikda, qolganlari turnir jadvalining quyi qismida.

* Italiyaning eng yoshi katta tarkibli jamoasi «A» seriyada chempionlikni deyarli naqd qildi. Ha, Apenninda «Inter» hammadan «katta». Shuningdek, «Lasio» ham Yevropaning top-10ta «qariya»si qatorida. Angliya­da «Fulxem» va «Vest Xem», Germaniyada esa «Boxum» «qariya»lar makoni bo‘lib turibdi. E’tiborlisi, «keksa»larning kuchli 10taligida Fransiya ligasidan biror vakil yo‘q.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:54, 13.04.2024.
O'qildi: 900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.