Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Vadim Abramov: «Chempionat yetakchisi maydonidagi durang menimcha yomon natija emas»

Vadim Abramov: «Chempionat yetakchisi maydonidagi durang menimcha yomon natija emas»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi doirasidagi ilk turdan o‘rin olgan «Andijon» – «Dinamo» (2:2) uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— O‘yinni hamma ko‘rdi. Biz «Andijon»ni o‘z maydonida qanday o‘yin ko‘rsatishini bilardik. Ular uyida muxlislarining ajoyib qo‘llab-quvvatlashi natijasida yaxshi natijalarga erishayotganligini ham hammamiz bilib turgandik. Ularing kuchli tomonlaridan biri standart vaziyatlar ekanini o‘rganib chiqqandik. Birinchi taymni o‘zida barcha masalani hal qilishimiz mumkin edi. Afsuski, o‘ylagan rejamiz amalga oshmadi. Bir qancha imkoniyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda vaziyat qanday bo‘lganini o‘zinglar ko‘rdinglar. Gol urib hisobda oldinga chiqib olgandik. Ammo himoyadagi xato tufayli yana to‘p o‘tkazib yubordik. Ikkita xato qildik va ikkita to‘pni o‘tkazdik. 4 ta gol urilgan o‘yinda muxlislar xursand bo‘lishdi, deb o‘ylayman. «Andijon» hozir chempionatda yetakchi. Ular bilan durang o‘ynadik, yomon o‘ynamadik.

— Vadim Karlenovich, to‘g‘risi, «Dinamo»dan bunday yaxshi o‘yinni kutmagandik. Natijadan qoniqdingizmi?
— Nima deyishim mumkin? Chempionat yetakchisi bilan safarda 2:2 o‘ynash menimcha qoniqarli natija bo‘ldi. Albatta, o‘yinni yutishimiz mumkin edi. Biroq yuqorida aytganimdek, o‘xshamay qoldi. «Andijon» barcha kuchli taraflarini ishga soldi. Ular standartlardan yaxshi foydalana olishini bu uchrashuvda ham ko‘rsatib qo‘yishdi.

— Nima uchun zaxiradan maydonga tushirilgan Xislat Halilovni yana zaxiraga oldingiz?
— Vaziyatdan kelib chiqib, uning o‘rniga tajribaliroq, bo‘ydor o‘yinchini maydonga tushirishga qaror qildik. O‘sha paytlarda «Andijon» hujumlarini ancha kuchaytirib yuborgandi. Shu holatdan kelib chiqib, boshqasini tushirdik.

— Akbar Ismatullayev bilan o‘rtalaringda aslida nima bo‘ldi?
— Yana shu mavzu haqida gapiradigan bo‘lsam, hozir u bu yerda emas, to‘g‘rimi? Agar u ham bo‘lsa, yuzma-yuz, ko‘zimiz ko‘zimizga tushgan holda barchasini gaplashib olamiz. Men avval ham shu gapni aytganman. Biz u bilan birinchi marta Turkiyada gaplashib olganmiz. U menga siz nima desangiz shu bo‘ladi, degandi. To‘g‘risi, yana shu mavzuga alohida to‘xtalib o‘tishni istamayman.

— «Dinamo»ning chempionatdagi natijalari qachon yaxshilanadi? Klubda biroz moliyaviy muammolar bor, deb eshitdik…
— Meni ko‘proq mashg‘ulot o‘tkazishimiz xavotirga solyapti. Moliyaviy masalaga kelsak, rahbariyat buni hal qiladi. Bunday muammo ko‘p klublarda bor. Aytyapmanku, bizni mashg‘ulot o‘tkazishimizga bog‘liq biroz muammoli holatimiz mavjud. Ko‘ryapsiz, o‘yinni kuchaytirish uchun maydonga tushganlar kuchaytira olmay qolyaptilar. Mana shunday holatlar meni ko‘proq o‘ylantiradi.

— Jamoangiz uchun alamli durang bo‘ldi. «Dinamo»ning o‘yinidan qanchalik qoniqdingiz?
— Ko‘rdinglar, birinchi bo‘limda ancha yaxshi harakat qilgandik. O‘ylagan rejalarimiz birinchi bo‘limda to‘liq amalga oshdi. 1:0 ga yutayotgan paytimizda to‘g‘ri taktika tanlashimiz kerak edi. Afsuski, xatolikka yo‘l qo‘ydik. To‘pni raqibga berib qo‘ydik. «Andijon» ayniqsa, uchrashuv oxirlarida bor kuchini ishga soldi. Qilgan o‘zgarishlarimiz to‘liq o‘zini oqlamadi. Chempionat yetakchisining maydonidagi durang menimcha yomon emas.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 08:36, 14.04.2024.
O'qildi: 1529 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.