"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes markaziy himoyachi Pau Kubarsini yana bir bor maqtadi. 17 yoshli futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi va "ko‘k-anorranglilar"ga La Liga o‘yinida "Kadis" ustidan g‘alaba qozondi (1:0).
"O‘ylaymanki, Kubarsi “Barselona”da porlaydi. U har doim raqiblari pressing qilganda to‘g‘ri variantni tanlaydi.
U kurashlarda juda zo‘r ko‘rinadi va u umuman 17 yoshga o‘xshamaydi. Qolaversa, Pau hammadan kamroq charchagan, chunki u mavsum boshida u qadar ko‘p o‘ynamagandi", - dedi Xavi o‘yindan keyingi intervyuda.