Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Xabi Alonso va Mikel Arteta: ular qanday qilib bolalikdagi do‘stlardan top-murabbiyga aylandi?

Xabi Alonso va Mikel Arteta: ular qanday qilib bolalikdagi do‘stlardan top-murabbiyga aylandi?

Baho:
+ | -

Alonso va Arteta ayni damda Yevropaning eng ko‘zga ko‘ringan murabbiylariga aylanib ulgurdi. Ular bugun tarix yozishga yaqin turibdi. Do‘stlar San-Sebastyanning qirg‘oqlarida o‘ynab yurgan davrdan to hozirga qadar ko‘p vaqt o‘tdi. Ayni dam ulardan biri Shimoliy Londonda – Arteta "Arsenal"ni 20 yillik kutishdan keyin Angliya taxtiga qaytarishga juda yaqin kelgan. Xabi Alonsoning "Bayer"i esa bugun, o‘z tarixida ilk bor Germaniyada tengsiz deb topilishi mumkin.

Albatta, bu ikki bask og‘aynilarning taqdir yo‘li juda ham qiziq. Ular o‘z futbol dunyosiga "Antiguoko" yoshlar klubida qadam qo‘yishib, u yerda 10 yoshida birgalikda yarim himoyada o‘ynashadi. Arteta va Alonsoga bolalikda murabbiylik qilgan Roberto Montyel o‘zining ikki shogirdidan juda ham xursand ekanini aytadi. "Antiguoko" klubining prezidenti shunday deydi: "Mikel o‘sha paytlarda doimo o‘zining yoshidan katta guruhda o‘ynardi. U kichkina bo‘lishiga qaramay, doimo kattalardek fikrlagan. Shunda biz uni professional futbolchi bo‘la olishiga ishongandik. Ochig‘ini aytsam, bir umr bu klubda yurib, Mikeldan yaxshirog‘ini hali uchratmadim. U hattoki Alonsodan ham zo‘rroq edi. Menimcha, Artetada doimo murabbiy bo‘lish niyati bo‘lgan".

Mikel Artetaning murabbiylik qobiliyati yoshlikdan ko‘rinish bergan. Ammo Xabi Alonso bilan bu narsalar ancha kech boshlangan. U haqida Montyel shunday deydi:

"Xabining jussasi nisbatan kichkina edi. Shu sababli, u 17 yoshlilar jamoasiga kirgunicha ancha qiynalgan. Shunga qaramay, u maydonda o‘ta tartibli edi. Xabi o‘z vazifasini qanday uddalashni yaxshi anglardi. Hayotda tortinchoq bo‘lgan bu yigitcha, maydonga tushganida, butunlay o‘zgarar edi. Unga o‘yin davomida baqirib ko‘rsatma berish shart emasdi. Xabi meni bir nechta so‘zimdan yaxshi anglab olardi. Shu sababli, bora-bora hamma uni hurmat qiladigan bo‘ldi. U gapirganida qolganlar jim eshitardi".

Alonso "Real Sosyedad" tomonidan 2004 yilda "Liverpul"ga sotiladi. Transfer pulining bir qismi, tabiiyki, "Antiguoko"ga berilgan. Bu pullar yoshlar klubiga yangi bino qurish uchun ishlatiladi.

Roberto Montyel "Antiguoko"ning hozirda yulduz bitiruvchilari bilan yaqin aloqalarga ega. Masalan, "Bornmut" ustozi Andoni Iraola ham aynan Montyel qo‘lida futbolchi bo‘lib yetishgan. Bu haqida u shunday deydi: "Bizdan chiqqan yigitlarning murabbiylikka qadam qo‘yayotgani bejiz emas. Bu narsa bolalarga juda yoshligidan qo‘yiladigan talablarga bog‘liq. Bemalol ayta olamanki, bu narsa bizning madaniyatimizga aloqador. Chunki, "Antiguoko" – hayot maktabi".

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:00, 14.04.2024.
O'qildi: 1903 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.