Niderlandiya chempionatida o‘ttizinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi, "Utrext" o‘z maydonida "Gou Axed Iglz"ni qabul qildi va o‘yinning to‘rtinchi daqiqasidayoq mezbonlar Sem Lammersning sa’y-harakatlari bilan hisobni ochishdi.
U Niderlandiya futboli oliy ligasida ketma-ket oltinchi o‘yinda gol urdi va shu tariqa "Utrext"ning rekordini takrorladi.
Ketma-ket oltita liga o‘yinida klub uchun gol urgan birinchi futbolchi 1984 yilda Mikel Bekkers bo‘lgan.
Demak, "Valveyk" bilan navbatdagi o‘yindayoq 26 yoshli Lammers klub rekordini o‘rnatishi mumkin.













