Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Gvardiola: "Real" bizni birinchi o‘yinda hayratda qoldirdi"

Gvardiola: "Real" bizni birinchi o‘yinda hayratda qoldirdi"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Real"ni maqtadi. “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasining birinchi chorak finalida “shaharliklar” 3:3 hisobida durang o‘ynagan edi.

“Ular bizni birinchi o‘yinda futbolchilarning pozisiyalari bilan hayratda qoldirdi. Biz o‘ylashimiz va ba’zi qarorlar qabul qilishimiz kerak. Anchelottining katta tajribasini hisobga olsak, u javob o‘yinida hammasini boshqacha qila oladi. Biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerak. Shu bilan birga, o‘z o‘yinimizni majburlab, raqibga bosim o‘tkazishga harakat qilamiz", - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

O‘tgan mavsumda "Manchester Siti" Chempionlar ligasi yarim finalida o‘z maydonida "Real"ni 4:0 hisobida mag‘lub etgandi. Jamoalar ketma-ket uchinchi yil eng nufuzli yevrokubokda o‘zaro to‘qnash kelishmoqda.

Kiritildi: 15:08, 15.04.2024.
O'qildi: 3832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик