Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Milan" hafta oxirigacha Piolini iste’foga chiqarishi mumkin

"Milan" hafta oxirigacha Piolini iste’foga chiqarishi mumkin

Baho:
+ | -

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli yaqin kunlarda ishini yo‘qotishi mumkin. Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, agar jamoa Yevropa ligasida "Roma"ga yana yutqazsa, mutaxassis ishdan bo‘shatiladi.

Chorak finalning ilk o‘yinida “rossoneri”lar 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Javob uchrashuvi 18 aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Milan grandi yevrokuboklarda yarim finalga chiqsa, Pioli kelajagiga hech narsa tahdid solmaydi.

Stefano 2019 yildan beri “Milan” bosh murabbiyi hisoblanadi. 58 yoshli mutaxassis va “rossoneri” o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2025 yilning iyun oyi oxirigacha hisoblangan.

Kiritildi: 13:27, 16.04.2024.
O'qildi: 705 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик