Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

O‘zbekiston Superkubogiga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi

O‘zbekiston Superkubogiga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -

Superkubok uchrashuvining qayerda o‘tkazilishi masalasi fevral oyida bo‘lib o‘tgan Liga Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida ham muhokama qilingandi.

Qarshi va Toshkent o‘rtasida Superkubok uchrashuvini qabul qila oladigan yagona stadion "So‘g‘diyona" bo‘lib, mazkur arena bir yil muqaddam unga mezbonlik qilgandi. Ayni vaqtda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Guliston shaharlarida bunday nufuzdagi uchrashuvni qabul qila oladigan stadion mavjud emas. Qarshi esa O‘zbekiston kubogining 2023 yilgi final uchrashuvini o‘tkazdi.

Shu tariqa Liga Toshkentdagi "Bunyodkor" arenasini maqbul variant deb topdi. Lokasiya masalasida Toshkent "Nasaf" uchun vodiydagi stadionlarga nisbatan qulayroq. Muxlislarning o‘yinga tashrifi masalasida ham "Bunyodkor" Superkubok ishtirokchilari uchun yaxshi variant.

Superkubokda qatorasiga to‘rtinchi bor "Paxtakor" va "Nasaf" to‘qnash keladi. Bungacha ular Samarqand, Yaypan va Jizzaxdagi Superkubokda uchrashgan bo‘lib, mos ravishda dastlabki ikki shaharda "Paxtakor", Jizzaxda esa "Nasaf" sovringa ega chiqqan.

Toshkentdagi bellashuv 29-may kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv bilan bog‘liq qolgan tafsilotlar keyinroq ma’lum qilinadi.

Kiritildi: 13:35, 16.04.2024.
O'qildi: 1056 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.