Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

"Borussiya Dortmund" Klopp davridan buyon ilk bor YECHL yarim finalida o‘ynaydigan bo‘ldi

"Borussiya Dortmund" Klopp davridan buyon ilk bor YECHL yarim finalida o‘ynaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Dortmundning “Borussiya” klubi so‘nggi 11 yil ichida ilk bor Chempionlar ligasining yarim finalida o‘ynaydi.

Bugun Dortmundliklar chorak final javob o‘yinida "Atletiko Madrid"ni mag‘lub etdi (4:2) va umumiy hisobda keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Dortmundliklar 2012/13 yilgi mavsumdan buyon ilk marta Chempionlar ligasining yarim finalida o‘ynaydi, o‘shanda jamoani Yurgen Klopp boshqargandi. O‘shanda Dortmundliklar yarim finalda "Real"ni yenggan va turnir finalida "Bavariya"ga yutqazgan.

Joriy mavsumning 1/2 finalida "Borussiya" "Barselona"ni umumiy hisobda mag‘lub etgan "PSJ" bilan uchrashadi.

Kiritildi: 02:47, 17.04.2024.
O'qildi: 1054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик