"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta chorak final bosqichida jamoasining Chempionlar ligasidan chiqib ketishiga bahona topishga urindi.
Kecha "kanonirlar" "Bavariya"ga (0:1) imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi. "Arsenal" 7 yildan beri Chempionlar ligasida, 14 yildan beri chorak finalda o‘ynamadi.
Bularning barchasining sababi bor. O‘rganishimiz kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Katta klublar uchun bu ba’zan yillar talab etadi", - deya Artetaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.