Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti 2-2 Arsenal
22/09 21:00 Roma 3-0 Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal 1-5 Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves

Ilk chempionlik ta’mi shirin bo‘ladi

Ilk chempionlik ta’mi shirin bo‘ladi

Baho:
+ | -

Quyida XXI asrda o‘zining ilk chempionligiga erishgan klublar bilan tanishib chiqing.

APL. "Lester". 2015-2016 yilgi mavsum. Tashkil etilgan vaqti: 1884 yil

Klaudio Ranyeri va uning afsonaviy "Lester"i. "Tulkilar" yetakchilari – Vardi, Maxrez, Kante, Shmeyxellar muxlislar og‘zida eng esda qolarli nomlardir va shu kungacha Sharqiy Midlend jamoasining g‘alabasi futbol tarixidagi eng aql bovar qilmas g‘alabalardan biri hisoblanadi.

Bundesliga. Volfsburg. 2008-2009 yilgi mavsum. Tashkil etilgan: 1945 yil

Bu yilgi "Bayer"ning sensasiyasi birinchisi emas. O‘sha oltin "Volfsburg"ni Feliks Magat boshqargan, u chempionlik mavsumidan keyin bunday muvaffaqiyatga yaqinlasha olmadi, lekin "Fulxem"da esga qolgan Premyer-ligadagi birinchi nemis mutaxassisiga aylandi. Asosiy yulduzlar gol mualliflari - braziliyalik snayper Grafite (28 gol) Edin Jeko (26 gol) edi. Jekoning karyerasi hammaga yaxshi ma’lum, Grafite esa 2011 yilda "Al-Ahli"da o‘ynash uchun BAAga "sakrab" ketdi va keyinchalik o‘z vatani Braziliyada "izsiz g‘oyib bo‘ldi" va u yerda faoliyatini tugatdi. Klub Andrea Barzali va Kristian Zakkardo timsolida ajoyib italyan tandemiga ega edi. Bu jamoaning eng sodiq futbolchilaridan biri esa shveysariyalik darvozabon Diyego Benalyo edi.

Liga 1. "MonpelYE". 2011-2012 yilgi mavsum. Tashkil etilgan yili: 1919 yil

«PSJ» endigina yuksalishni boshlagan va yangi davrda ilk sovrinni qo‘lga kiritishga yaqin qolgandi, ammo o‘sha mavsumda 21 ta gol urgan Olivye Jiru poytaxt boylarining yo‘lida to‘sqinlik qildi. O‘shanda Yunes Belanda, Benjamin Stambuli, Xilton va Remi Kabella jamoasining g‘alabalariga muhim hissa qo‘shgan. Bu jamoani Rene Jirard boshqargan, uning uchun bu natija nafaqat murabbiylik sohasidagi eng zo‘ri, balki yagonasi ham bo‘lgandi.

La Liga. "Deportivo" 1999-2000 yilgi mavsum

Argentina terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Lionel Skaloni o‘sha jamoada to‘p tepgan, biroq u bu jamoaning yorqin avlodidan yiroq edi - u La Ligada bor-yo‘g‘i 18 ta o‘yinda, atigi 4 marta asosiy tarkibda maydonga tushgan. Jamoaning sevimlisi esa niderlandiyalik to‘purar Roy Makay bo‘ldi, u 22 ta gol urdi, ammo hujumchining eng yuqori cho‘qqisi 2002-03 yilgi mavsumda, u "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritganida sodir bo‘lgan. O‘shanda "La-Korunyalik" bolalarga basklik Xavyer Irureta ustozlik qilgan.

O‘sha afsonaviy mavsum nihoyatda raqobatbardosh bo‘ldi: "Deportivo" bor-yo‘g‘i 69 ochko bilan chempion bo‘ldi va 11 ta mag‘lubiyatga uchradi, "Real" esa beshinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 22:37, 19.04.2024.
O'qildi: 2210 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.