Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Abrorbek Ismoilov: “O‘zbekiston kubogini ham qo‘lga kiritish niyatidamiz”

Abrorbek Ismoilov: “O‘zbekiston kubogini ham qo‘lga kiritish niyatidamiz”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar” yarim himoyachisi  Abrorbek Ismoilov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– “Vodiy derbisi” bahslari qanday musobaqada yuz berishidan qat’iy nazar, doimo keskin kurashlar ostida va shiddatli tarzda kechgan. Bu safargi bellashuv ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta.

Bo‘lajak raqibimiz “Andijon” joriy mavsum o‘yinlarini yaxshi o‘tkazmoqda hamda ayni paytda Superliga turnir jadvalini boshqarib turibdi va jamoamizga munosib qarshilik ko‘rsatishga intiladi.

Biz esa joriy mavsumda O‘zbekiston kubogini ham qo‘lga kiritish niyatidamiz.

O‘tgan turda Qarshida “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldik hamda andijonliklarga qarshi kechadigan uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish hamda muxlislarga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.

Fursatdan foydalanib, biz – futbolchilarga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda “Navbahor” klubi vise-prezidenti Otabek Samatovga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Biz ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:36, 20.04.2024.
O'qildi: 732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.