Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

"Manchester Yunayted" "Real" va "Barselona" yo‘lidan bormoqchi

"Manchester Yunayted" "Real" va "Barselona" yo‘lidan bormoqchi

Baho:
+ | -

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, "MYU" yaqin davr ichida "Real" va "Barselona"ning harakatlarini jiddiy kuzatmoqda. Ammo bu safar futbolchilar borasida emas, balki uy stadion borasida ushbu kuzatuvlar olib borilmoqda. Negaki, ikki ispan giganti yaqin davr mobaynida o‘z o‘yingohlarini yangiladi va yangilamoqda. Shu sababli "qizil iblislar" rahbariyatining diqqat-e’tibori aynan ularga qaratilgan. Negaki, "Manchester Yunayted" ham "Old Trafford"ni zamonaviylashtirishni maqsad qilgan. Aslini olganda, ushbu maqsad klub egasi Sir Jim Retkliffga tegishli bo‘lib, u Angliya shimolida "Shimoldagi Uembli"ni barpo etishni istaydi. U bu orqali Yevropaning eng zo‘r stadionlariga raqobat uyishtirmoqchi.

Retkliff o‘z rejasini osonlikcha amalga oshirib bo‘lmasligini yaxshi biladi. Chunki yangu inshoatga 2 milliard funt-sterling mablag‘ zarur. Hukumat yordamisiz esa, buncha pulni xususiy sektordan jalb qilish imkonsiz ish. "Legends International" qurilish kompaniyasining mutaxassislari "Old Traford"ni yangilash xarajatlarini hisoblab chiqishdi. Unga ko‘ra, ta’mirlash ishlari 2 milliard emas, balki 1 milliardga tushishi mumkin. Qurilish arzonroq bo‘lishiga qaramay, uning tarkibida Retkliff orzusidagi kabi "MYU"ning xususiy do‘konlari, bar, kafe va restoranlar bo‘ladi. Bu loyiha esa uzoq kelajakda ancha daromad olib kelishi mumkin.

Agarda qurilish boshlangudek bo‘lsa, klub boshqa maydonga ko‘chib turishga majbur bo‘ladi. Shu sababli, bunday davrda daromadlardan ayrilmaslik tadorigini ham ko‘rish zarur. Bunda Retkliffga "Real" va "Barselona" qo‘llagan tajriba asqotadi.
Masalan, "Barselona" o‘z uy stadioniga 1.3 milliard funt sarmoya jalb qilgan. "Real"ning yangi ko‘rinishdagi "Bernabeu"si esa, klubga naq 1.5 millird funt yoki 2 milliard dollarga tushgan. Shunga qaramay, yangi o‘yingoh eskisidan ancha farq qiladi. Xususan, tomoshabin o‘rindiqlari soni 5 mingtaga oshirilgan. Shuningdek, tom va o‘yin maydonini harakatlantirsa bo‘ladi. Bundan tashqari, stadion tagiga 450 ta avtomobil sig‘adigan parking joylashtirilgan.
Ana shunday katta foyda keltiradigan yangi loyihalarni ko‘rgan Retkliffning "paytavasiga qurt tushgan". U ham Ispaniya gigantining stadioniga raqobatchi bo‘la oladigan, hatto undan ham yaxshiroq inshoat qurishni xohlaydi.

Yuqoridagilar haqida Retkliff shunday deydi: "Menimcha, "MYU"ga yangi stadion kerak. Shonli klub va uning brendi uchun bu narsa ayni muddao bo‘lgan bo‘lardi. Agarda "Real" va "Barselona"ning bu borada qilayotgan ishiga qarasangiz, men nimani istayotganimni darrov anglaysiz. Ularning stadioni yaxshi edi. Ammo yanada yaxshilanmoqda. Bizning ulardan nimamiz kam? Angliyada bugun "Bernabeu" kabi loyihalar mavjud emas. Vaholangki, APL La-ligadan har tomonlama ustun. Shunday ekan, biz ham Yevropadagi raqiblarimizga bu borada ham raqobat uyishtirishimiz lozim".

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:11, 20.04.2024.
O'qildi: 4435 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.