Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Arsenal" yozda markaziy hujumchi sotib oladi. Arteta radarida kimlar bor?

"Arsenal" yozda markaziy hujumchi sotib oladi. Arteta radarida kimlar bor?

Baho:
+ | -

"Arsenal" YECHLdan chiqib ketdi. Bunga klubning hujumdagi no‘noqliklari sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Shuning uchun Mikel Arteta jamoasiga o‘z ishining ustasi bo‘lgan markaziy hujumchi zarur. Ayni damda foydalanilayotgan Gabriel Jezus jarohatlardan aziyat chekadi. Kai Xaversdan esa doimo hujumchi sifatida foydalanib bo‘lmaydi.
"Arsenal" o‘tgan yozda Deklan Rays, Kai Xavers va Yurriyen Timberni, jami 204.5 million funtga xarid qilgandi. Oradan bir yil o‘tib, "to‘pchilar"ning nishoni strayker sotib olish bo‘lib turibdi.

"Arsenal" rahbariyati hujumda muammolar borligini yaxshi tushunadi. Shu sababli, Mikel Arteta istayotgan futbolchi yozda sotib olinadi. Hozirda klub uchta nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Ular: "Nyukasl" yulduzi Isak, "Leypsig" vakili Sheshko hamda "Sporting" futbolchisi Dyokereshlardir. Xususan, Sheshkoning shartnomasida 43 million funtlik tovon puli belgilangan. 20 yoshli hujumchi "MYU" va "Chelsi" radariga ham tushgani aytiladi. Sobiq "Koventri" hujumchisi Dyokeresh esa 80 million funtga baholanmoqda.

Endi ozgina ushbu nomzodlarning statistikasiga to‘xtalib o‘tsak. Sheshko bu mavsumda Germaniyada 37 marta maydonga tushib, 13 ta golga mualliflik qildi. Dyokeresh o‘tgan yozda 21 million funtga xarid qilingandi. U hozirga qadar Portugaliya klubi safida, barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblasak, 44 ta bahsda maydonga tushib, 36 ta gol va 16 ta assist qayd etgan. Aleksander Isak esa jarohatlariga qaramasdan, 21 ta gol urishga erishdi. Shvesiyalik hujumchi 2022 yilning yozida 60 million funtga sotib olinganidan xabaringiz bor. 

Arteta faqatgina markazni emas, balki barcha hujum uchligini yaxshilamoqchi. Shu maqsadda "Arsenal" Martinelli va Sakaga raqobatchi qidirmoqda. Bu ikki yosh yulduz joriy mavsumda keragidan ortiq foydalanilyapti. Ularning o‘rnida keyingi mavsumdan "Vulvz" yulduzi Pedru Netu va "Atletik Bilbao" vingeri Niko Uilyamslar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Martin Edegorga o‘rinbosar sifatida, "Real Sosyedad"dan Martin Subimendi keltirilish ehtimoli ham yo‘q emas.
Albatta, birdan buncha xaridlarni qilish uchun katta pul kerak. Bu pullar joriy tarkibdagi yulduzlarni sotish orqali ham yig‘ilishi kerak. Yozda sotuvga qo‘yiladigan futbolchilar ro‘yxatida Ramzdeyl, Smit-Rou, Nelson, Nketia va Viyeyralar mavjud. Ular ortidan klub 100dan 200 million yevrogacha ishlab olishi mumkin bo‘ladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:26, 21.04.2024.
O'qildi: 2178 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.