Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Aleksandr Xomyakov: "Hakam penalti bor deb topgan bo‘lsa, demak, buni muhokama qila olmaymiz"

Aleksandr Xomyakov: "Hakam penalti bor deb topgan bo‘lsa, demak, buni muhokama qila olmaymiz"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogining 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Navbahor” – “Andijon” (2:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida dastlab "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov savollarga javob qaytardi.

- Mening qarashlarim bo‘yicha aytadigan bo‘lsam, yomon o‘yin bo‘lmadi. Yomon o‘ynadik, vaziyatlar yarata olmadik, deya olmayman. Muxlislar ham o‘yinga qo‘shimcha kuch bag‘ishlab turishdi. Umumiy ma’noda aytganda, raqib bizni yutdi. Ularda klass yuqori darajada bo‘ldi. Uchrashuv uchun rejamiz bor edi, afsuski amalga oshmadi. Maydon markazida o‘yinni boshqara olmadik. Qanotlardagi futbolchilarimizning o‘yinlari ham u qadar yaxshi chiqdi, deya olmayman. Aytishim mumkinki, biz g‘alaba uchun harakat qila olmadik. Birinchi taymda burchak zarbasidan keyin xavfli vaziyat yaratganimizni hisobga olmaganda qolgan daqiqalarda yaxshi vaziyatlar yaratishga qiynaldik. Raqib mahorat evaziga uchrashuvni nazoart qildi. Biz ham gol urdik. Ammo bu qo‘shimcha kuch bag‘ishlay olmadi. Chunki o‘sha paytda maydonda bir futbolchi kam bo‘lib qolgandik. Hisobni tenglashtirishni rosa xohladik. Lekin harakatlarimiz befoyda bo‘ldi. Jamoamizdan boshqacha o‘yin kutgandim. Shunday bo‘lsa ham yigitlarimizga rahmat aytaman. o‘yinni tashlab yuborishmadi. Shu bilan birga o‘z ishqibozlarimizga ham chuqur minnatdorchiligimni bildirib o‘taman.

-Penalti bormidi?

- Hozir bu haqida biror fikr bildirishim qiyin. Avvalo, o‘sha vaziyatni to‘liq ko‘rib chiqishim kerak. Menimcha, holat chiziq ustida bo‘lgandi. Jo‘yali fikr bildirishim qiyinroq. Penalti bo‘lganmidi yoki bo‘lmaganmidi, men turgan joydan aniq ko‘rinmasdi. Hakam penalti bor deb topgan bo‘lsa, demak, buni muhokama qila olmaymiz.

- "Andijon" chempionatdagi kabi nimagadir kuchli o‘ynamadi. Go‘yoki, jamoangiz uchun Kubok kerak emasdek yondashdi. Bu holatni qanday izohlaysiz? Aslida “Andijon”ni Kubok musobaqasida maqsadi bormi? Hakamlarning qarorlariga emosiyalaringiz ko‘rindi. Hakam haqida nima deysiz?

- Hakamlarga o‘ta jiddiy e’tirozim yo‘q. Aytdimku, men o‘tirgan joydan aniq ko‘rinmadi. Ammo bir vaziyatni ko‘rib chiqishi kerak edi. Bektemir Abdumannonovni yiqitishgandi. Fol bor edi. Afsuski, uchrashuv rejamiz bo‘yicha ketmadi. Kubok o‘yinlaridagi maqsadga to‘xtalsam, bu musobaqada maqsadimiz bor. Bunga Andijondan minglab kelgan muxlislarni misol keltirishim mumkin. Biz chempionatda ham, Kubok o‘yinlarida ham yuqori marralarni ko‘zlaganmiz. Hamma o‘yinga bir xil yondashamiz. Andijondan kelgan jonkuyar ishqibozlarimizni ko‘rib yutishimiz kerakligini his qilamiz. Asosiysi, muxlislar ishonchini qozonish. “Andijon”ni Kubokda maqsadi yo‘q, degan fikrga qo‘shilmayman. Biz harakat qildik va harakat qilyapmiz ham. Bugungi bahsda o‘ylaganlarimiz amalga oshmadi. Qanotlardan faollikni kutgandik. Bu ham amalga oshmadi.

- “Andijon”da imkoniyat saqlanib turibdi. Buning uchun “Nasaf”ni yutishi va “Navbahor”ning natijasini kutishi kerak bo‘ladi…

-Nima ham derdik, o‘ynaymiz va raqiblarimizning natijalarini kutamiz. o‘z maydonimizda o‘ynaymiz. Yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilamiz. Biz o‘yin tanlamaymiz. Chempionatmi, Kubok bo‘ladimi, faqat oldinga intilamiz. Har bir uchrashuv biz uchun juda muhim. Doim oxirgi o‘yindek his qilamiz. Ba’zida o‘xshaydi, ba’zida o‘xshamaydi. Bu futbol. O‘ylaymanki, chempionat bahslarida medallar uchun kurasha olamiz. Muxlislarimizni xursand qilish rejamizda doim bor. Biz bunday fanatlar qarshisida hujumkor futbol ko‘rsatishimiz kerak. “Dinamo” bilan o‘yinlarda ham hujumlar qildik, ammo qarshi hujumlarda gollar o‘tkazdik. Afsuski, oxirgi paytlarda ikkitadan to‘p o‘tkazib yuboryapmiz. Bu biz uchun ogohlik qo‘ngʻirogʻini beryapti. Hujumkor o‘yin ko‘rsatish bilan birga raqibni hujumlariga ham yetarli darajada qarshilik ko‘rsatishimiz borasida yaxshilab ish olib borishimiz lozim.

- Superligadagi tanaffus sizlarga ta’sir qilmadi, shundaymi?

- Yo‘q, hech qanday ta’siri bo‘lmadi.

- O‘zbekiston Kubogi musobaqasida kim favorit?

- Bu savolga javob berishim qiyin. Kutilmagan natijalar bo‘lyapti. Biror narsa deya olmayman" - dedi Xomyakov.

Kiritildi: 23:06, 21.04.2024.
O'qildi: 1333 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.