Kirish Ro'yxatdan o'tish

Parij-2024. Sport gimnastikamiz tarixida ilk bor bunday natija qayd etildi!

Parij-2024. Sport gimnastikamiz tarixida ilk bor bunday natija qayd etildi!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro gimnastika federasiyasi sport gimnastikasi bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan atletlar jadvalini yangiladi. Quvonarlisi, unga asosan delegasiyamiz hisobiga yana bir lisenzliya qo‘shildi.

2023-yil Belgiyaning Antverpen shahrida o‘tgan jahon chempionatining ko‘pkurash dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Habibullo Ergashev ham bo‘lajak Olimpiada ishtirokchilari qatoriga qo‘shildi.

Saralash musobaqalari yakunida fransiyalik atlet ham kvalifikasiyadan o‘tdi. Shu bois, mezbonlar uchun ajratilgan kvota jahon chempionati orqali yo‘llanma ololmagan sportchilar orasida eng yaxshi natija ko‘rsatib turgan Habibullo Ergashevga nasib etdi.

Shu tariqa, yigitlarimiz sport gimnastikasi bo‘yicha ilk bor Olimpiya o‘yinlariga ikkita yo‘llanmani qo‘lga kiritishmoqda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:58, 22.04.2024.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.