Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Vadim Abramov: «Hammasi o‘z qo‘limizda»

Vadim Abramov: «Hammasi o‘z qo‘limizda»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 2-turi doirasida Jizzaxda o‘tgan «Dinamo» — «Nasaf» (3:3) o‘yinidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov  matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

— Ha, supero‘yin muxlislarga yoqqan bo‘lsa kerak, har holda 6ta gol ko‘rishdi. Bundan xursandman. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynay olmadik, bu nima bilan bog‘liq bo‘ldi, ochig‘i tushunmadim. Ikkinchi bo‘limda esa raqibning ikkinchi goli ofsayd sababli bekor qilingach, bu jamoamizni o‘zgartirdi. Shundan keyin yigitlar hujumkorlikni oshirishdi, o‘zlariga ishonch ortdi. Bugun yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Yana bir o‘yinni «Navbahor»ga qarshi o‘tkazamiz. Muhimi – hammasi o‘z qo‘limizda. Bir haftadan keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bugungi ajoyib, ochiq hujumkor o‘yin uchun «Nasaf»ga ham minnatdorchilik bildiramiz.

90+10-daqiqadagi Yorbekovning zarbasi? Biz ko‘rgan o‘rtadagi kameradan goldek ko‘rindi, ichkarida ko‘rganimizda gol emasdek. Bugun ba’zi vaziyatlarda bizga, ba’zida raqibga omad kulib boqdi.

— Demak, jamoangiz 2 ochko yo‘qotdi yoki bir ochkoni qo‘lga kiritdimi?
— Bilmadim, asosiysi keyingi tur oldidan barchasi o‘z qo‘limizda. Bizda ham, «Nasaf» va «Andijon»da ham 2-o‘rin uchun imkoniyat bor. «Navbahor» esa 1-o‘rinni kafolatladi.

— «Nasaf» kubokning amaldagi sohibi va bu jamoaga 3ta gol urish yaxshi natija. Ammo bugun 3ta, Superliga peshqadami «Andijon»ga ham 2ta gol urib, so‘nggi daqiqalarda g‘alaba qo‘ldan chiqarilgandi. Jamoa himoyalanishda qanday muammoga ega?
— Ha, shunday muammo bor, buni bilaman, ammo buni bu yerda muhokama qilishim to‘g‘ri emas. Buni jamoam bilan gaplashib, xatolar ustida ishlaymiz. Ha, «Real» — «Manchester Siti» o‘yinida ham Madrid yaxshi himoyalangan bo‘lsa-da, 3:3 bo‘lgandi. Biz o‘tgan ikki o‘yinda ham yetakchilarga qarshi o‘ynadik, andijonliklar ham Superliga peshqadami. Har o‘yinimiz deyarli safarda o‘tyapti.

Darvozabonlar masalasi? Darvozabonimiz yosh, mengacha Superligada deyarli o‘ynamagandi, sekin-asta o‘ziga ishonchi ortmoqda. U bugun bir necha qiyin vaziyatlarda jamoani qutqardi, ba’zi vaziyatlarda yaxshiroq o‘ynashi mumkin edi. Bu futbol.

— Kojoning zaxiraga olingani nima bilan bog‘liq?
— U jarohat oldi va o‘zi zaxiraga olishni so‘radi. Shu bois uni maydondan oldim.

— Odatda muxlislarni uncha eshitmaysiz, bugun esa muxlislar «Yagr, Yagr» deya hayqirgach, uni maydonga tushirdingiz. Va u maydonda yaxshi o‘ynadi...
— Yo‘g‘e, men Yagrni muxlislar so‘ragani uchun emas, yordami kerakligi uchun tushirdim. Axir, uni muxlislar hayqirig‘i uchun olib kelganimiz yo‘q. U jarohatidan to‘liq tiklanmagandi, shu bois so‘nggi daqiqalarda tushdi. Uning potensiali yaxshi. U hali jamoamizni yanada kuchaytiradi.

— So‘nggi tur oldidan imkoniyatlar qanday?
— Imkoniyat bor. «Navbahor» vazifasini uddaladi, bizga qarshi qanday tarkibda kelishini bilmaymiz. Har qanday holatda ham biz g‘alaba uchun tayyorgarlik ko‘ramiz. 2-o‘rinni olib, guruhdan chiqish kerak.

— Jamoaning mashg‘ulotlar maydoni yomon ahvolda ekanini ko‘rdik...
— Siz ko‘rgan maydon biz mashg‘ulot o‘tkazgan eng yomoni emas hali... Afsuski, Samarqandda mashg‘ulotlar uchun yaxshi maydon yo‘q. Bu muammo bor va umid qilamanki, buni hal qilishadi. Stadionimizning yangi maydoni deyarli tayyor, ammo bu maydonni hozirgi holatda ushlab turishning o‘zi ham katta xarajatni talab etadi. Bu masalalar tezroq hal bo‘lishiga umid qilamiz, — deydi Vadim Karlenovich o‘yindan keyin.

«Dinamo» matbuot xizmati.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 22:50, 22.04.2024.
O'qildi: 971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.