Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Chiro Rimni tark etmoqchi

Chiro Rimni tark etmoqchi

Baho:
+ | -

Joriy mavsumda Italiyaning bir qator nomdor jamoalari qiltirab turgan xaroba uylardek parchalanib ketishdi. 

Birinchi navbatda «A» seriyaning amaldagi chempioni bo‘lgan «Napoli» tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib qoldi. Endi bir oz kechikib bo‘lsada, kumush medallar sohibi bo‘lmish «Lasio»da shiddatli pasayish kuzatilmoqda.

Rimliklar ma’lum muddat avvalgi mavqelarini saqlab qolishga astoydil urinib ko‘rdilar. Hatto YECHL nimchorak finalining dastlabki bellashuvida «Bavariya»ni tor,mor etishdi. Lekin shundan keyin quyiga sho‘ng‘ish davri boshlandi. qatorasiga qayd etilgan 4ta mag‘lubiyatdan keyin (jumladan, «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvi ham) 13, mart sanasida bosh murabbiy Maurisio Sarri iste’fo so‘rab, ariza berdi. Uning o‘rnini o‘z yordamchisi Jovanni Martushyello egalladi. 2 kundan keyin esa, vaqtinchalik Martushyello o‘rniga Igor Tudor bosh murabbiy etib tayinlandi.

Chetdan qaraganda, bosh murabbiylar almashuvi futboldagi odatiy holdek tuyuladi. Biroq bu safar shu odatiy hodisa ko‘p jihatdan «Lasio» prezidenti Klaudio Lotito tufayli uzoqroqqa cho‘zildi. Klub sohibi TG1 telekanali muxbiriga quyidagicha izoh berdi: «Sarrining ketishi kutilmaganda yuz berdi. Uning iste’fosi haqida xabar berishganida, men moliya bo‘limida edim: Sarri sotilgan. Ayrim kimsalarning fe’l-atvori tufayli sotilgan... Bu yerda qandaydir mudhish firib bor. «Bavariya»ni taslim etgan jamoa «Udineze» va shunga o‘xshagan jamoalarga imkoniyatni boy bersa... o‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring».

Mana shu ehtiyotsizlik bilan bildirilgan fikr,mulohazalari tufayli Lotito o‘zi uchun jahannamdan tuynuk ochib oldi. Ko‘pchilik muxlislar klub sohibi yetakchi futbolchilarning (jumladan, Chiro Immobile) murabbiyga qarshi fitna uyushtirganlariga shama qildi, degan fikrga kelishdi. Joriy mavsumni hujumchi g‘ayriodatiy tarzda samarasiz (38ta o‘yinda 10ta gol) o‘tkazmoqda, so‘nggi paytlarda Maurisio uni asosiy tarkibga kiritmayapti. Shu sababli, achchiq tanqidlar ko‘proq Chiroga yo‘llanmoqda.

Corriere della Sera ma’lumotiga binoan, 14 mart sanasida muxlislar ikki nafar kichkintoy bolalari bilan ko‘chada ketayotgan Chironing turmush o‘rtog‘ini haqorat qilishgan. Oradan bir necha kun o‘tgach, rafiqasi va 4 yoshli o‘g‘li bilan mashinasida ketayotgan hujumchi tirbandlikda to‘xtab qolgach, yonidagi mashinada o‘tirgan fanat uni sotqinlikda ayblab, haqoratlarga ko‘mib tashlagan. Xayriyatki, Chiro javob qaytarmagan, lekin mashinada o‘tirganlar qo‘rqib ketishgan. Mana shu yoqimsiz ko‘rgiliklardan keyin, Immobile «Lasio»ni tark etish haqida o‘ylay boshladi.

Klub bu masalada futbolchini to‘la qo‘llab-quvvatladi: «So‘nggi kunlarda ro‘y bergan xavotirli va nomaqbul haqoratlarga duch kelgan Chiro Immobile va uning oila a’zolariga «Lasio» hamdard va hamfikr ekanligini ma’lum qiladi. Sport va uning ma’naviy qadriyatlari doimo amalda bo‘lishi shart: har qanday og‘zaki yoki jismoniy zo‘ravonlikka barham berilishi va bir ovozdan jazoga tortilishi shart».

Biroq klub prezidenti aksincha, futbolchini himoya qilishni istamadi. Bu ham kamlik qilgandek, bir oz pardaga o‘rab bo‘lsada, Chironi qo‘rqoqlikda ayblashga urinib ko‘rdi: «Bunaqa voqealarga deyarli har kuni duch kelaman, 20 yildan beri qo‘riqchilar nazorati ostida yashayapman. Har kuni o‘zimni va oila a’zolarimni o‘lim bilan qo‘rqitadilar. Men 8000 nafar xizmatchilar ishlaydigan kompaniyaning rahbariman, lekin shovqin-suron ko‘tarmayapman».

Chiro klub sohibiga rasman javob qaytarmadi, lekin tez orada hujumchining yozda jamoani tark etishi xususida gap,so‘zlar paydo bo‘ldi. Tuttmercatoweb ma’lumotiga ko‘ra, Immobile «Inter»ga yo‘l olishi mumkin - bu jamoani boshqarayotgan Simone Inzagi o‘z vaqtida Chiro bilan «Lasio»da hamkorlik qilgan va futbolchining qadriga yetadigan murabbiy.

Ayni pallada «Lasio»dagilar futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi emasdek tuyulmoqda. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, prezident Lotito yozda loyihani qaytadan shakllantirib, «A» seriyasining eng keksa jamoalaridan birini navqiron yoshlar bilan to‘ldirish niyatida. U holda, 34 yoshli Immobile «burgutlar» uchun ortiqcha bo‘lib qoladi.

Klubdagi munosabatlar shu qadar ajablanarliki, o‘tgan yil yozida Immobile «Lasio»da to‘p surish uchun Saudiya Arabistonidan kelgan taklifni rad etgandi. Bundan tashqari, hujumchi 2022 yilda o‘zining gollari sonini 144taga yetkazib, «burgutlar» tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan, 2024 yil fevralida esa 200ta gol urgan «A» seriyasining yetakchi to‘purarlari sakkizligidan joy olgandi. Undan oldingi o‘rinlarni Badjo, Meassa, Totti va Pioladek afsonalar band etishgan. Biroq hozir klub va futbolchi o‘rtasidagi samimiy munosabatlar nihoyasiga yetgan ko‘rinadi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:21, 22.04.2024.
O'qildi: 597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.