Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

U23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston Vyetnamni yirik hisobda mag‘lub etdi va guruhda 1-o‘rinni egalladi

U23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston Vyetnamni yirik hisobda mag‘lub etdi va guruhda 1-o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

Qatarda o‘tkazilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida chorak final bosqichi yakuniga yetdi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruhuning 3-turini Vyetnamga qarshi o‘tkazdi.

Temur Kapadze jamoasi bugun raqib ustidan 3:0 hisobida zafar quchib, guruhda 1-o‘rin bilan pley-off bosqichiga chiqdi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Alisher Odilov hisobni ochdi. Shundan keyin ham o‘zbekistonliklar hujumkorlikni to‘xtatmadi. 36-daqiqaga kelib, Ruslanbek Jiyanov hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Odilov dublni rasmiylashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoamiz raqib darvozasi tomon ko‘plab hujumlar tashkil qildi. To‘p ikki marta raqib darvozasi to‘sini va ustuniga tegib qaytdi.

Shu tariqa, Timur Kapadze shogirdlari guruhda 100 foizlik natija bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Jamoamiz chorak finalda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi. Bu o‘yin 26 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

U23 Osiyo kubogi. "D" guruhi, 3-tur
O‘ZBEKISTON - VYETNAM
Gollar: 1:0 — 4 Odilov, 2:0 — 36 Jiyanov, 3:0 — 40 Odilov.
O‘zbekiston: 1. Abduvohid Ne’matov, 2. Saidazamat Mirsodiqov, 4. Abduqodir Husanov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev (Asadbek Rahimjonov, 46), 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 8. Ibrohim Ibragimov, 10. Jasurbek Jaloliddinov (Diyor Xolmatov, 46), 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev ( Abbosbek Fayzullayev, 70), 15. Umarali Rahmonaliyev, 20. Ruslanbek Jiyanov (Hojimat Erkinov, 64), 22. Alisher Odilov (Husayn Norchayev, 78).
Vyetnam: 13. Nguen Anviet, 2. Nguen Xon, 3. Tran Kuang, 4. Luong Duy, 7. Xoang Van, 8. Nguen Duk, 10. Vo Nguen, 17. Nguen Duk Pxu, 19. Nguen Tai, 20. Nguen Ngok, 22. Nguen Ming Kuang.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:38, 23.04.2024.
O'qildi: 11624 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик