"Manchester Yunayted" markaziy himoyachi Rafael Varanga o‘rinbosar qidirmoqda.
30 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan keyin klubni tark etishi mumkin. Jurnalist Stiv Beytsning yozishicha, “Manchester Yunayted” faol ravishda fransiyalik futbolchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rinbosar bo‘ladigan markaziy himoyachi qidirmoqda.
Rafael Varanning “qizil iblislar” bilan shartnomasi shu yilning iyuniga qadar tuzilgan, biroq u avtomatik tarzda bir mavsumga uzaytirilishini nazarda tutadi. 2021 yilda mankunianliklar futbolchini "Real"dan 40 million yevroga sotib olishgandi.