Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Timur Kapadze: «Ikki yil avvalgi Saudiya bilan hozirgisi o‘rtasida farq bor»

Timur Kapadze: «Ikki yil avvalgi Saudiya bilan hozirgisi o‘rtasida farq bor»

Baho:
+ | -

U-23 Osiyo Kubogi guruh bosqichi 3-turida O‘zbekiston OTJ Vyetnam ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yindan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

— Avvalambor, barcha xalqimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Bu o‘yinga ham yetarlicha tayyorgarlik olib bordik. Muhimi, jarohatlar yo‘q. Endi keyingi bosqich haqida o‘ylashimiz kerak. Tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz.

Guruh bosqichida gol o‘tkazib yuborilmagani haqida
— Albatta, bundan xursandmiz. Bu jamoaviy mehnat. Keyingi uchrashuvlarda ham gol o‘tkazmaslikka harakat qilamiz.

Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan o‘yin va 2 yil oldingi jamoa haqida
— 2 yil oldingi Saudiya Arabistoni bilan hozirgi jamoaning farqi bor, xususan bizda ham. O‘ylashimcha, bu vaqt oralig‘ida o‘sishga erisha oldik. Ular bilan Osiyo o‘yinlarida ham to‘qnash keldik. Yaxshi jamoa, biroq bizning ham o‘z maqsadimiz bor va bu yo‘lda mehnat qilishda davom etamiz.

Guruh bosqichi va pley-off haqida
— Uch o‘yin ham o‘ziga yarasha qiyin bo‘ldi. Pley-off o‘yinlarida kuchsiz raqib bo‘lmaydi. Biroq, aytganimdek, o‘z rejamiz bo‘yicha davom etamiz. Bizda tayyorgarlik uchun 2 kun vaqt bor. Men futbolchilarimga ishonaman.

Turnirga tayyorgarlik va “Olimpik” klubi haqida
— Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yo‘lida “Olimpik” tashkil etildi. Jamoa yig‘ilayotganda asosan o‘z klublarida zaxirada qolib ketayotgan futbolchilar jalb etildi. Ularga ko‘proq o‘yin amaliyoti berib, yangi darajaga olib chiqishga erishdik. Ularda o‘zlariga bo‘lgan ishonch paydo bo‘ldi. Tayyorgarlik uzoq davom etdi. Ko‘plab futbolchilarni sinovdan o‘tkaza oldik. Tarkibimizda teng kuchga ega futbolchilar yig‘ildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 terma jamoasining chorak finaldagi Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yini 26 aprel sanasida bo‘lib o‘tadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 12:09, 24.04.2024.
O'qildi: 5220 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.