Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Taniqli mutaxassis Fayzullayev haqidagi savollarga javob berdi

Taniqli mutaxassis Fayzullayev haqidagi savollarga javob berdi

Baho:
+ | -

Taniqli rossiyalik murabbiy, SSKA prezidentining sport masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Valeriy Nepomnyashiy Abbosbek Fayzullayev haqida bir nechta savolga javob berdi.

– So‘nggi o‘yindan so‘ng Fayzullayev O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga tezroq ketish uchun ataylab sariq kartochka olgani haqida gaplar tarqadi, bunga qanday fikrdasiz?

– Yo‘q, men bunga ishonmayman. Men uni bunday yigit deb hisoblamayman. Epizodni eslasangiz, Abbos to‘pni yo‘qotib qo‘ydi, keyin raqibdan olmoqchi bo‘ldi. Uni RPLdagi joriy mavsum kashfiyotlaridan biri deb bilaman.

– Uning o‘yinida pasayish bormi?

– Ha. Ammo bu tig‘iz bo‘lgan jadval bilan bog‘liq edi. U ham Osiyo Kubogida o‘ynadi. U jamoa qaytib kelgach biroz vaqt o‘tdi, o‘z darajasiga qaytdi.

– U o‘z o‘yinida yana nimani yaxshilashi kerak?

– Men uchun yigitning alohida kamchiliklari yo‘q. Qachonki tartibli bo‘lsa, ko‘zni quvontiradi! Uning pasayishlari RPLda ilk mavsumini o‘tkazayotgan yosh futbolchilar uchun odatiy holdir. Ular hali ham o‘zlarini qanday tartibga solishni bilishmaydi. Tajribali futbolchi qachon jilovni biroz qo‘yib yuborishni, qachon yana to‘liq ishtirok etishni biladi va ular o‘z kuchlarini masofadan yaxshiroq hisoblashadi.

– Fayzullayev sizga yosh Dzagoyevni eslatmayaptimi?

– Yo‘q, ularning o‘yin uslubida juda farq qiladi. Dzagoev ayyor edi! Fayzullayev turli tezlikda o‘ynaydi. Menimcha, Abbos ko‘proq muvaffaqiyat va martaba rivojlanishiga e’tibor qaratadi. Hech bo‘lmaganda menga shunday tuyuladi. Menimcha, uning o‘yinda Alandan ko‘ra porloq kelajagi bor. Fayzullayev o‘zini yanada aniqroq ochib beradi.

– U SSKAda qancha vaqt o‘ynaydi?

– Menimcha, u shu mavsum yoki kelasi mavsum oxirida ketadi.

– Shunchalik tezmi?

– Bu bola katta futbol o‘ynashi aniq. Agentlar, ehtimol, allaqachon ba’zi ishlarni qilmoqdalar. Albatta, bunday ijrochini yo‘qotish juda achinarli. Bunday futbolchilar RPLni bezab turibdi. Iqtidorli yigitlar Yevropaga borib, u yerda zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishsa, uyat... Doimiy ravishda xorijda o‘ynash uchun juda yaxshi jamoani tanlash kerak.

Kiritildi: 10:56, 25.04.2024.
O'qildi: 7345 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.