Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" "Inter" tarbiyalanuvchisi bilan kelishuvga erishdi

"Yuventus" "Inter" tarbiyalanuvchisi bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

"Monsa" darvozaboni Mikele di Gregorio "Yuventus" bilan kelishuvga erishdi.

26 yoshli futbolchiga "Milan" ham qiziqish bildirgan, ammo "Yuventus" futbolchi uchun kurashda g‘alaba qozongan. Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, "keksa sinyora" rahbariyati darvozabon bilan prinsipial kelishuvga erishgan. Di Gregorio Turin klubi bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolashga tayyor. Italiyalik futbolchining maoshi yiliga 2 million yevroni tashkil qiladi va unga bonuslar qo‘shiladi.

Di Gregorio "Inter" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2022 yilda "Monsa" 4 million yevrodan sal ko‘proq to‘lab, "neradzurrilar"dan darvozabonni sotib oldi.

Kiritildi: 05:59, 26.04.2024.
O'qildi: 660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик