Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

"Bavariya" muxlislariga Rangnik yoqmaydi

"Bavariya" muxlislariga Rangnik yoqmaydi

Baho:
+ | -

"Bavariya" muxlislari Tomas Tuxelni himoya qilish uchun petisiya yozishdi.

Fevral oyida Myunxen klubi mutaxassis mavsum yakunlanganidan keyin jamoa bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qilgandi.

"Bavariya" shundan so‘ng Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi va "Real" bilan o‘ynaydi. "Bavariya" muxlislari Tomas Tuxeldan klub bosh murabbiyi lavozimida qolishni so‘rab petisiya chop etishdi.

“Biz Rangnikni emas, Tuxelni xohlaymiz!” deb nomlangan petisiya seshanba kuni yaratilgan va deyarli 10 000 imzo to‘plagan.

“OAVda salbiy ma’lumotlar va jarohat olgan Myunxen jamoasining kadrlar holatiga qaramay, Chempionlar ligasi sovrindori o‘z jamoasini Chempionlar ligasi yarim finaliga olib chiqdi. Unai Emeri yoki Rangnik kabi nomzodlarni hurmat qilsakda, bu murabbiylarni Tuxel bilan solishtirib bo‘lmaydi”, - deyiladi petisiyada.

Kiritildi: 14:28, 26.04.2024.
O'qildi: 462 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик