Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Islom Maxachev Poryedan so‘ng Arman Sarukyanga qarshi jang qiladi

Islom Maxachev Poryedan so‘ng Arman Sarukyanga qarshi jang qiladi

Baho:
+ | -

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev Dastin Porye bilan jangdan so‘ng Arman Sarukyanga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

“Islom Poryega qarshi jangda kamarini himoya qiladi, undan so‘ng Armanga (Sarukyan) qarshi jang bo‘ladi. U barcha raqiblarini yengdi va reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarildi, shu sababdan bu jang bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz.

Hozircha mana shu 2 ta jang rejamizda bor. Qolganini keyin ko‘ramiz. Sarukyanga qarshi jang 2024-yildami? Ha, shu yil bo‘ladi. Abu-Dabi yoki Nyu-Yorkda ular to‘qnash keladi”, — deydi Maxachevning menejeri Rizvon Magomedov.

Qayd etib o‘tish joiz, Islom va Arman 2019 yilda UFC Fight Night 149 doirasida jang qilgan va unda Maxachev ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.

Eslatib o‘tamiz, UFC 302 turnirida Islom Maxachev Dastin Poryega qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu jang 2 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Maxachev — UFC chempioni va P4P reytingi yetakchisi hisoblanadi. U 2023 yilda ikki marta Aleks Volkanovskini mag‘lub etgandi. Porye esa 2024 yil martida Benua Sen-Denini mag‘lubiyatga uchratgandi.

Kiritildi: 15:54, 26.04.2024.
O'qildi: 677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик