Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/03 01:00 Barselona 3-0 Osasuna
28/03 16:45 Qizilqum 1-3 OKMK
28/03 19:30 Navbahor 2-2 Andijon
28/03 20:00 Bunyodkor 3-1 Surxon
29/03 18:00 Real Sosyedad - Valyadolid
29/03 18:30 Nasaf - Neftchi
29/03 19:00 Venetsiya - Bolonya
29/03 19:00 Komo - Empoli
29/03 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
29/03 20:30 Paxtakor - Dinamo
29/03 22:00 Yuventus - Jenoa
29/03 22:30 Alaves - Rayo Valyekano
30/03 00:45 Lechche - Roma
30/03 01:00 Real Madrid - Leganes
30/03 15:30 Kalyari - Monsa
30/03 17:00 Xetafe - Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta
30/03 19:15 Barselona - Jirona
30/03 21:00 Inter - Udineze
30/03 21:30 Valensiya - Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao - Osasuna
30/03 23:45 Napoli - Milan
31/03 00:00 Betis - Sevilya

Timur Kapadze: «Indoneziya Koreyani turnirdan chiqarib yuborib, o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi»

Timur Kapadze: «Indoneziya Koreyani turnirdan chiqarib yuborib, o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi»

Baho:
+ | -

Timur Kapadze va bugungi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Husayn Norchayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Timur Kapadze:
— Barchani bugungi natija bilan tabriklayman. Qiyin uchrashuvda g‘alaba qozondik. Futbolchilarimiz ham yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Endilikda maqsadimiz yo‘lida turgan oldindagi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

O‘yinga emosional tayyorgarlik haqida:
— O‘yinga qadar futbolchilar bilan bu tomonlama ham gaplashdik va tayyorgarlik ko‘rdik. Bu futbol, o‘yin davomida har xil vaziyat bo‘ladi. Bugungi o‘yin davomida ham vaziyatlarda sovuqqon va og‘ir bosiqlik namoyish eta oldik, deb o‘ylayman.

Indoneziyaga qarshi kechadigan keyingi o‘yin haqida:
— Biz bor e’tiborimizni bugungi o‘yinga qaragandik. Lekin Indoneziyaning ham o‘yinini ko‘rdik. Kuchli jamoa, Koreyani turnirdan chiqarib yuborib, o‘z imkoniyatlarini namoyish etishdi. Biz endilikda yarim final o‘yiniga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Gol o‘tkazib yubormaslik haqida:
— Bu albatta jamoaviy mehnat. Himoyalanish hujumchilardan boshlanadi. Shu sababli, gol o‘tkazib yubormaganimiz ortida jamoaviy mehnat yotipti.

Husayn Norchayev:
— Bugungi g‘alabamizni butun xalqimizga bag‘ishladik. Barchani keyingi bosqich bilan tabriklayman. Endilikda yarim final o‘yiniga tayyorgarlikni davom ettirishimiz kerak.

Raqib haqida:
— Biz Saudiya Arabistoni bilan juda ko‘p marotaba o‘ynadik. Ularni o‘rganib chiqdik, murabbiylarimiz kuchli va kuchsiz tomonlari haqida ma’lumot berishdi. Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik.

Bu albatta yoqimli, biroq oldimizda yana muhim o‘yinlar bor. Maqsadimiz yo‘lida ushbu o‘yinlarda ham g‘olib bo‘lishimiz kerak.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:41, 26.04.2024.
O'qildi: 8634 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz