Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xoland: "Ko‘p o‘ylamaslik muhim"

Xoland: "Ko‘p o‘ylamaslik muhim"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland "Nottingem Forest" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi.

Norvegiyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasining yakshanba kuni “Nottingem Forest”ga (2:0) qarshi o‘yinning 62-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 71-daqiqada gol urib, tablodagi yakuniy hisobni o‘rnatdi. Eslatib o‘tamiz, forvard jarohati sabab oldingi ikki uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi.

“Asosiysi g‘alaba qozonish va diqqatni jamlash. Eng muhimi, ko‘p o‘ylamaslikdir, ayniqsa bunday paytlarda. Siz faqat ishingizni qilishingiz kerak. Siz doimo o‘ylab aqldan ozishingiz mumkin, undan ko‘ra dam olishingiz, zavqlanishingiz va keyin navbatdagi o‘yinga e’tibor qaratishingiz muhimroq", - deya Xolandning so‘zlarini keltiradi "Manchester Siti" matbuot xizmati.

Kiritildi: 08:59, 29.04.2024.
O'qildi: 642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик