Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Yengilmas “Real” alamzada “Bavariya”ga qarshi. Bugun YECHL yarim finalining dastlabki o‘yini bo‘lib o‘tadi (prevyu)

Yengilmas “Real” alamzada “Bavariya”ga qarshi. Bugun YECHL yarim finalining dastlabki o‘yini bo‘lib o‘tadi (prevyu)

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finalida “Bavariya” va “Real” 30 aprel, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keladi. Dastlabki o‘yin Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Quyida mazkur uchrashuvga oid ma’lumotlar va qiziqarli faktlar taqdim etiladi.

Germaniya. Myunxen. “Alyans Arena”
30 aprel, seshanba
“Bavariya” –“Real” 00:00
Bosh hakam: Klemen Tyurpin (Fransiya)

Bundesligani boy bergan “Bavariya” bor kuchini YECHLga qaratadi

Tomas Tuxel shogirdlari barcha musobaqalarda 4 o‘yinlik g‘alabali seriya namoyish etmoqda. Bunday hol so‘nggi bor o‘tgan yilning noyabrida bo‘lgan edi. Myunxenliklar chempionatni “Bayer”ga boy berganidan so‘ng ortiqcha bosimdan xalos bo‘ldi va bor e’tiborini “Real”ga qarshi uchrashuvga qaratishi aniq.

“Bavariya” optimal tarkibdan uzoqroqda. Sarr va Boye avvalroq jarohat olgandi, Koman, Gnabri, Sane va Upamekanolarning jarohati esa klub uchun ancha jiddiy zarba bo‘ldi.

Shuningdek, Musiala, Laymer va de Ligtlarda ham kichik jarohat bor. Lekin shifokorlar ularni “Real”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishiga qarshilik bildirmagan. Murabbiylar shtabi ham ularning xizmatidan albatta foydalanadi. Chunki “Real”ga qarshi bahs mavsum taqdirini belgilab beradi.

“Qo‘rqinchli” “Real Madrid” yana bir favoritni musobaqadan chiqarib yubora oladimi?

Karlo Anchelotti jamoasi La Liga chempionligini deyarli hal qildi. Chempionatning navbatdagi turida madridliklar yoshlar va zaxirada ko‘p qoladiganlarga bemalol imkoniyat berishi mumkin. Bu esa “Bavariya”ga qarshi o‘yinda tarkib borasida hech qanday xavotir olmaslikka sabab bo‘ladi.

Myunxendagi bahsda “qaymoqranglilar”ga kartochka sababli Dani Karvaxal yordam bera olmaydi. Shuningdek, Kurtua va Alaba hamon lazaretda. Undan tashqari Mendi, Bellingem va Rodrigolar ham kichik jarohatlaridan qutulgan. Ular “Bavariya”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.

O‘yin oldidan qiziqarli faktlar:

— “Bavariya” Chempionlar Ligasida ketma-ket 15 ta uy o‘yinida mag‘lub bo‘lmayapti (12 ta g‘alaba, 3 ta durang);

— “Bavariya” YECHLning ketma-ket 3 ta uy o‘yinida o‘z darvozasidan gol olib chiqmayapti;

— “Real” Chempionlar Ligasida ketma-ket 10 o‘yindan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti (7 ta g‘alaba, 3 ta durang);

— “Real” joriy mavsum turnirning barcha mehmondagi o‘yinlarida gol urib kelmoqda.

“Bavariya” — “Real” o‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar:

Yevropaning ikki grandi qit’alar darajasida juda ko‘p to‘qnash kelgan, shulardan 16 tasi Chempionlar Ligasiga to‘g‘ri keladi. Ustunlik — “Real”da. Madridliklar o‘zaro o‘yinlarda 9 ta g‘alabaga erishgan. 5 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang qayd etgan.

So‘nggi bor “Bavariya” va “Real” 2018 yil bahorida to‘qnash kelgan. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “qaymoqranglilar” (2:2, 2:1) finalga yo‘l olgan. Kiyev finalida madridliklar “Liverpul”ni yengib, shohsupaga ko‘tarilgandi.

Tomas Tuxel va Karlo Anchelotti o‘zaro qarama-qarshiliklarda:

Tuxel va Anchelotti 10 marta bir-biriga qarshi o‘ynaydi. Hozircha ustunlik nemis murabbiyi tomonda. 4 ta o‘yinda Tuxel murabbiylik qilgan jamoalar g‘alaba qozongan. 2 ta o‘yin durang bilan yakunlangan. 3 ta o‘yinda esa Karlo Anchelotti boshchiligidagi klublar zafar quchgan. Tuxel “Borussiya”, “Chelsi” va “PSJ”ni, Anchelotti esa “Bavariya”, “Everton”, “Napoli” hamda “Real”ni boshqarayotgan vaqtda o‘zaro to‘qnash kelgan.

Murabbiylarning o‘yin oldi fikrlari

“Chelsi”da ishlagan paytlarim 2 marta “Real” bilan to‘qnash kelganmiz. O‘sha paytdagi “Real”ga qarshi o‘yinimizdan bunisining farqi — Karim Benzema yo‘qligidir. O‘shanda Karim asosiy figuralardan biri edi.

U ketgach, jamoa Benzemaning o‘rnini to‘ldira oldi. Shuningdek, Jud Bellingemni ham alohida e’tirof etish zarur. U “Real” o‘yinida katta o‘zgarishlarga sababchi bo‘ldi.

Yana Kroos, Modrich, Vinisiuslarni ta’kidlab o‘tish mumkin.

Bizga taktika va omad kerak. Agar siz “Real”ni yutmoqchi bo‘lsangiz, barchasi muhim bo‘ladi", — dedi Tomas Tuxel.

“Real” finalda? Bu gap meni bezovta qilmaydi. Qarshimizda Bundesligani qo‘ldan boy bergan bo‘lsa-da, Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri “Arsenal”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Bavariya” turibdi.

Biz nimaga qodirligimizni barcha yaxshi biladi. Hamma bizni hurmat qilishini sezyapmiz. Qiyin va og‘ir uchrashuv kutib turibdi", — dedi Karlo Anchelotti.

“Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan 30 apreldan 1 mayga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:57, 30.04.2024.
O'qildi: 1306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.