Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Betis" "Lill" futbolchisiga ko‘z tikkan

"Betis" "Lill" futbolchisiga ko‘z tikkan

Baho:
+ | -

"Betis" yozda "Lill" futbolchisi Ivan Kavaleyruni qo‘lga kiritish uchun bor kuch va resurslarini sarflashni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Foot Mercato xabar berdi. Oldinroq Gvido Rodriges "Betis"ni tark etib, "Barselona"ga o‘tishi ma’lum bo‘lgandi.

Bu sevilyaliklar uchun markaziy yarim himoyadan joy bo‘shatadi, Kavaleyru esa Rodrigesning o‘rniga mos keladi. 

Kavaleyru 2023 yilning yozida "Fulxem"dan "Lill"ga ko‘chib o‘tgandi.

Yil davomida Fransiyada portugaliyalik futbolchi "buldoglar" safida 22 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:01, 30.04.2024.
O'qildi: 678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик