Luka Modrich seshanba oqshomida Chempionlar ligasining birinchi yarim finali doirasidagi "Bavariya" - "Real" uchrashuvida ishtirok etdi.
Opta Sports ma’lumotlariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi 38 yoshu 234 kunligi eng nufuzli yevrokuboklarning yarim finalida maydonga tushgan tarixdagi eng yoshi katta uchinchi futbolchiga aylandi. Undan bor-yo‘g‘i ikki nafar futbolchi yoshi kattaroq holatda maydonga tushgan - Paolo Maldini 2007 yilda 38 yoshu 302 kunligida o‘ynagan. Va Alessandro Kostakurta 2006 yilda, 40 yoshu ikki kun. Ularning ikkalasi ham "Milan" safida o‘yinlarda ishtirok etgan.