Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

G‘alabaga chanqoq “Borussiya D” chempionlikni umid qilayotgan “PSJ”ga qarshi. Bugun YECHL yarim final o‘yini bo‘lib o‘tadi (prevyu)

G‘alabaga chanqoq “Borussiya D” chempionlikni umid qilayotgan “PSJ”ga qarshi. Bugun YECHL yarim final o‘yini bo‘lib o‘tadi (prevyu)

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finalida “Borussiya D” va “PSJ” 1 may, chorshanba kuni o‘zaro to‘qnash keladi. Dastlabki o‘yin Dortmundda bo‘lib o‘tadi. Quyida mazkur uchrashuvga oid ma’lumotlar va qiziqarli faktlar taqdim etiladi.

G‘alabaga chanqoq “Borussiya D”

Edin Terzich jamoasi chorak finalda “Atletiko”ni (4:2, 1:2) mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bundesligadagi 5-o‘rin esa (kafolatlangan) “Borussiya” uchun keyingi mavsum Chempionlar Ligasiga chiqish imkonini bermaydi. 2024/25-yilgi mavsum guruh bosqichida ishtirok etish uchun joriy mavsum chempionlikni qo‘lga kiritishi zarur.

Daniyel Malen, Abdulaye Kamara, Sebastyan Aller va Rami Bensebaini jarohat sababli ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Yan Matsen va Emre Jan kabi futbolchilar esa safga qaytgan.

Finalni maqsad qilgan “PSJ”

O‘tgan haftada parijliklar Fransiya chempionligini rasmiylashtirdi. Chempionlar Ligasida esa jamoa turlicha o‘yin namoyish etmoqda. Chorak finalda “Barselona”ga birinchi o‘yin boy berildi (2:3). Javob o‘yinida esa 4:1 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ushbu o‘yinda kataloniyaliklar futbolchisi Arauxoning qizil olishi butun o‘yin kartinasini o‘zgartirib yubordi.

“PSJ” bugungi o‘yinda Presnel Kimpembening xizmatlaridan foydalana olmaydi. Shuningdek, uzoq muddatdan buyon lazaretda yotgan Serxio Riko ham qaydnomadan joy olmagan.

O‘yin oldidan qiziqarli faktlar:

“Borussiya D” ilk va hozircha so‘nggi bor Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonganiga 27 yil bo‘ldi;

To‘rt yil oldin “PSJ” chempion bo‘lishga yaqin kelgandi va finalda imkoniyatni boy berib qo‘ygandi;

“PSJ” o‘tgan haftada Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, parijliklarning o‘zi emas, uning eng yaqin ta’qibchisi ochko yo‘qotishi hisobiga bu chempionlikka erishildi;

“PSJ” so‘nggi 30 o‘yindan 29 tasida mag‘lub bo‘lmagan;

“Borussiya D” turnirning 7 ta o‘yinidan 6 tasida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.

“Borussiya D” — “PSJ” o‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar:

Ushbu mavsumda jamoalar guruh bosqichidayoq o‘zaro to‘qnash keldi. Parijda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Germaniyadagi o‘yin 1:1 hisobi bilan yakunlangan.

Yana bir qiziq jihati, hozircha o‘z tarixida yagona bo‘lib turgan Chempionlar Ligasi finaliga “PSJ” aynan dortmundliklarni mag‘lub etib, yo‘l olgandi. Birinchi o‘yinda Parij klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozongan va javob o‘yinida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Murabbiylarning o‘yin oldi fikrlari

G‘alaba uchun bor imkoniyatimizni ishga solishimiz zarur. Yarim finalga chiqqan jamoalar ichida eng kuchsizi bo‘lib ko‘rinayotgandirmiz, lekin eng g‘alabaga chanqoq jamoaligimiz aniq. “Uembli”ga borish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz kerak.

180 daqiqa tinmasdan mehnat qilishimiz lozimligini tushunib turibman.

Edin Terzich, “Borussiya D” bosh murabbiyi

“PSJ” favorit? Mana nima uchun matbuot futbol haqida hech narsa bilmasligini doim ta’kidlab kelaman. Finalga chiqishdan tashqari istalgan natija yarim finalda ishtirok etayotgan jamoalarni xafa qilishi tayin.

O‘yin xuddi chorak finaldagidek qiyin kechadi. O‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga urinamiz. Uchrashuv qiziqarli va gollarga boy o‘tadi.

Luis Enrike, “PSJ” bosh murabbiyi

“Borussiya” va “PSJ” o‘rtasidagi uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan 1 maydan 2 mayga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 16:47, 01.05.2024.
O'qildi: 349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.