Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Kapadze: «Final uchun tayyorlagan rejamiz bor»

Kapadze: «Final uchun tayyorlagan rejamiz bor»

Baho:
+ | -

Timur Kapadze va Jasurbek Jaloliddinov U23 Osiyo kubogi finali oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etishdi:

Timur Kapadze:
— Ertaga qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Bir-biriga munosib ikki jamoaning o‘yiniga guvoh bo‘lamiz. 2 yil avvalgi Osiyo kubogida ular kabi biz ham yosh tarkib bilan harakat qilgan edik. Shuningdek, finalga yetib kelgani va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgani bilan Yaponiya jamoasini qutlayman.

Ertaga raqibning o‘yin uslubi haqida
— Ikkala jamoa bir-birini yaxshi biladi. Ularning o‘yinlarini tahlil qilib chiqdik. Final uchun tayyorlagan rejamiz bor va shunga asosan o‘yin ko‘rsatamiz.

Olimpiada yo‘llanmasi o‘zbek futboli uchun qanday ahamiyat kasb etishi haqida
— Biz bu natijadan juda ham xursandmiz. Zero, futbolimiz tarixida dastlabki Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdik. Bizgacha jamoalarimiz harakat qilishgan edi. Lekin qaysidir pallada ularga omad yetishmagan. Olimpiada lisenziyasi kuchimizga yanada kuch qo‘shmoqda. Ertangi finalda yanada yaxshi o‘ynashga harakat qilamiz.

Legionerlarning finalda ishtirok etolmasligi haqida
— Agar legionerlarimiz finalda ham ishtirok etishganida, boshqacha bo‘lar edi. Lekin biz Qatarga 11 emas, 23 futbolchi bilan tashrif buyurganmiz. 3 nafar o‘yinchi ketgani bilan u qadar katta o‘zgarish bo‘lmaydi. Har bir o‘yinimiz ko‘rsatdiki, jamoada ularning o‘rnini to‘ldira oladigan yigitlar bor va ular buni bildirishmaydi. Fursatdan foydalanib, mezbonlarga ajoyib tashkilotchilik va mehmondo‘stlik uchun jamoam nomidan minnatdorchilik bildirib qolaman.

Jasurbek Jaloliddinov:
— Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi va finalga chiqqanimiz bilan butun xalqimizni tabriklayman. Ertangi o‘yinga ham munosib tayyorgarlik ko‘rib, yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilamiz.

2022 yilgi Yaponiyaga qarshi o‘yin haqida
— Avvalgi musobaqadan yaxshi xotiralar bor. Chiroyli g‘alaba bilan final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edik. Lekin raqibimizga hurmat bilan yondashamiz va ertangi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishda davom etamiz.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:01, 02.05.2024.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.