Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

UFC Mahmud Murodov bilan shartnomani bekor qildi

UFC Mahmud Murodov bilan shartnomani bekor qildi

Baho:
+ | -

UFC promousheni o‘rta vazn toifasida jang qiluvchi o‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov bilan shartnomani bekor qildi. Ushbu xabarni Murodovning o‘zi Intagram sahifasida tasdiqladi.

“Hozirgina Istanbulga keldim. Aeroportda turibman. Xuddi siz kabi men ham endi UFC jangchisi emasligim haqidagi xabarni eshitdim. To‘g‘risi, bu xabar shokka tushirdi. Menejerim bilan bog‘landim, ko‘ramiz nima bo‘larkan. Sababi nimada ekanligini bilmayman. Buni bilgach, albatta, sizga xabar beraman”, — deydi sportchi o‘z sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov UFC’dagi so‘nggi janggini fevral oyida rossiyalik Aliasxab Xizriyevga qarshi o‘tkazib, ko‘zidan jarohat olgan edi.

Mazkur jang tashkilotchilar tomonidan bekor qilingandi.

Ma’lumot uchun, Murodov UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Uchinchi jangida Mahmud Endyu Sanchesni nokautga uchratgandi. To‘rtinchi jangda Jerald Mirshertga imkoniyatni boy bergandi. Bundan avvalgi jangda esa braziliyalik Kayo Borralyoga mag‘lub bo‘lgandi. Shuningdek, Brayan Barberena bilan jangda g‘alabani qo‘lga kiritgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:05, 03.05.2024.
O'qildi: 9571 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.